Ali Dardoʻzd
Qiyofa
Ali Dardoʻzd (XV asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan astarobodlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning birinchi majlisida tilga olingan. Navoiy uning quyidagi matlaʼsini “yaxshi voqeʼ boʻlubtur” deb yodga oladi:
Guzasht umru nameyoram az sharob guzashtan
Ki, mast xoham az in olami xarob guzashtan.
(Mazmuni: Umr oʻtsa-da, maydan voz kecholmayman, chunki bunday xarob olamdan mast ketmoqchiman)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |