Kontent qismiga oʻtish

Ali Bongo Ondimba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ali Bongo Ondimba
fransuzcha: Ali Bongo Ondimba
Gabon Prezidenti
Mansab davri
2009-yil 29-dekabr – 30-avgust 2023-yil
Oʻtmishdoshi Umar Bongo Ondimba
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 9-fevral 1959-yil
Brazzavil, Kongo Respublikasi
Turmush oʻrtogʻi Silvia Bongo Ondimba,
Inge Lin Kollinz Bongo (1994-yildan 2015-yilgacha)
Bolalari oʻgʻillari:
Nuriddin Eduard Bongo Valentin,
Jalil Luis Bongo Valentin
qizi:
Malika Bongo Ondimba
Onasi Pasyans Dabani
Otasi Umar Bongo Ondimba

Ali Bongo Ondimba (fransuzcha: Ali Bongo Ondimba; tugʻilgan vaqtidagi ismi — Alan Bernard Bongo. 1959-yil 9-fevral, Brazzavil, Kongo Respublikasi) — gabonlik siyosatchi , 2009-yil 16-oktabrdan Gabon prezidenti, 1999-yildan Gabon mudofaa vaziri, 1989—1991-yillarda Gabon tashqi ishlar vaziri. Gabon prezidenti Umar Bongo va Pasyans Dabanilarning oʻgʻli.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlik vaqti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ali Bongo 1959-yil 9-fevralda Brazzavilda tugʻilgan. Uning otasi Albert-Bernard Bongo (keyinchalik Umar Bongo Ondimba), onasi esa Jozefina Kama (keyinchalik Pasyans Dabani)[1].

Bolaligi va yoshligi Fransiyada oʻtgan. 1977—1981-yillarda Sorbonnada huquq fakultetida tahsil olgan[2]. Doktorlik darajasini Xitoyning Uxan universitetida olgan. 1977-yilda u Charlz Bobbit tomonidan ishlab chiqarilgan A Brand New Man albomini chiqardi[3].

Siyosiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gabonga qaytib kelgach, u hukmron PDG partiyasiga aʼzo boʻldi va 1983-yilda u partiya Markaziy Qoʻmitasiga kirdi. 1986-yil sentyabrda Siyosiy byuro aʼzosi etib saylandi[2].

1989—1991-yillarda Gabon tashqi ishlar vaziri boʻlgan (yangi konstitutsiya qabul qilingandan keyin oʻz lavozimini tark etishga majbur boʻlgan, chunki yangi konstitutsiyaga koʻra vazir 35 yoshga toʻlmagan shaxs boʻla olmaydi). 1990-yillar davomida u parlament aʼzosi boʻlgan.

1999-yilda u hukumat tarkibida Mudofaa vaziri etib tayinlangan. 2001-yil dekabr oyida boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida Bongo Yuqori Ogue provinsiyasining Demokratik partiyasidan nomzod sifatida Milliy Assambleyaga saylandi. 2003-yilda u hukmron PDG partiyasi raisi oʻrinbosari lavozimini egalladi. 2005-yilda u Umar Bongoning yaʼni otasining prezidentlik kompaniyasi koordinatori boʻlgan. Otasi vafotidan soʻng u xalqqa murojaat qildi va dafn marosimida markaziy oʻrinni egalladi[2].

Gabonda 2009-yil 30-avgustda sobiq prezident Umar Bongo vafoti munosabati bilan prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtdi. Saylovda yigirmaga yaqin nomzod ishtirok etdi, biroq Ali Bongo hokimiyatning yashirin qoʻllab-quvvatlashidan foydalandi. Saylov kuni Ali Bongo oʻz gʻalabasini eʼlon qildi[4].

Saylovlar va prezidentlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umar Bongo 2009-yil 8-iyunda Ispaniya kasalxonasida vafot etdi. Oʻsha oqshom Ali Bongo televideniyeda paydo boʻlib, xalqni „marhum otamiz uchun juda qadrli boʻlgan birlik va tinchlikni saqlash uchun xotirjamlik, maʼnaviy osoyishtalikka“[5] chaqirdi.

Ali Bongo AQSh davlat kotibi Hillary Clinton bilan uchrashuvi.

Otasi tomonidan muhim lavozimlarga tayinlangan Alini koʻpchilik uning otasi 2009-yil iyun oyida vafotidan keyin uning oʻrnini egallashiga ishonishgan. Biroq, baʼzi matbuot xabarlari hokimiyat uchun kurash boʻlishini bashorat qilib, Bongo va uning singlisi Paskalina (prezident kabineti direktori) oʻrtasida „shavaatsiz raqobat“ borligini koʻrsatdi. Ali Bongoning PDG rahbariyatini qoʻllab-quvvatlagani matbuotda ham shubha ostida qolmoqda va koʻpchilik gabonliklar „uni Kongo Brazzavilida tugʻilgan, Fransiyada oʻsgan, tub aholi tillarida gapirishda qiynaladigan buzilgan bola sifatida koʻradi“[6].

Bongo 2009-yil 30-avgustga belgilangan muddatidan avvalgi prezidentlik saylovlarida Demokratik partiyadan nomzod boʻlish uchun ariza bergan oʻnta nomzoddan biri edi[7]. Demokratik partiya bosh kotibi oʻrinbosari Anxel Ondo 16-iyul kuni partiya rahbariyati Konsensus asosida Bongoni DPG nomzodi sifatida tanlaganini eʼlon qildi, garchi bu qaror partiya qurultoyida hali rasman tasdiqlanmagan edi.

Bongo AQSh Prezidenti Barack Obama bilan.

Prezidentlikka nomzod boʻlishiga qaramay, Bongo 2009-yil 22-iyulda tayinlangan hukumatda mudofaa vaziri boʻlib qoldi. Muxolifat Bongoning hukumat tarkibiga kiritilishiga keskin norozilik bildirdi. Muvaqqat prezident Rose Francine Rogombe barcha nomzodlar saylovda teng boʻlishi uchun Bongo almashtirilishini eʼlon qilganidan soʻng, ichki ishlar vaziri Jan-Fransua Ndongu saylovlar davomida Bongo oʻrniga muvaqqat mudofaa vaziri etib tayinlandi.

2009-yil 4-sentabrda Gabon Konstitutsiyaviy sudi prezidentlik saylovlari natijalarini tasdiqladi, unga koʻra Ali Bongo 41,7 foiz ovoz bilan yangi davlat rahbari boʻldi. Gabon televideniyasi jonli efirida sud uni rasman mamlakatning yangi prezidenti deb eʼlon qildi[8]. Inauguratsiya marosimi 16-oktyabr kuni boʻlib oʻtdi.

Ali Bongo prezidentligi Umar Bongo hukmronligi yillari bilan solishtirganda Fransiya bilan munosabatlarning yomonlashgani bilan ajralib turadi. Uzoq vaqt davomida (2008-2017) Fransiya hukumati Bongo oilasining mulkiga bevosita taʼsir koʻrsatadigan korruptsiyaga qarshi tergov olib bordi. Bundan tashqari, Ali Bongo otasiga qaraganda kamroq obroʻli siyosatchi edi, shuning uchun Gabon endi Afrika diplomatiyasida faol ishtirok eta olmadi. 2012-yilda Fransiya bilan munosabatlarning yomonlashuvi fonida Bongo hatto Gabonning rasmiy tilini fransuz tilidan ingliz tiliga oʻzgartirish bilan tahdid qiladi.[2]

Yangi hukumat tarkibi 17-oktyabr kuni eʼlon qilindi. U vazirlar sonini 30 tagacha qisqartirdi va oʻz saylov kampaniyasining hukumat hajmini qisqartirish va shu bilan xarajatlarni qisqartirish haqidagi vaʼdasini bajardi. Hukumat, shuningdek, asosan, yangi shaxslar, jumladan, koʻplab texnokratlardan iborat edi, biroq Pol Tongi (Tashqi ishlar vaziri), Jan-Fransua Ndongu (Ichki ishlar vaziri) va Laure Olga Gonju (aloqa vaziri) kabi bir qancha muhim vazirlar oʻz lavozimlarini saqlab qolishdi.

2011-yil 9-iyun kuni Ali Bongo va Barak Obama Oq uyda uchrashishdi[9].

2015-yil avgust oyida mamlakatning 55 yilligini nishonlash chogʻida Ali Bongo otasidan meros qolgan barcha pullarni Gabon yoshlar jamgʻarmasiga oʻtkazishini maʼlum qildi Oʻz qarorini tushuntirar ekan, u „barchamiz Umar Bongo Ondimbaning merosxoʻrlarimiz“ va „hech bir gabonlik yoʻl chetida qolmasligini“ aytdi[10].

2016-yilning avgustida Ali Bongo prezidentlik saylovlarida biroz farq bilan gʻalaba qozondi va qayta saylandi. Muxolifat nomzodi Jan Pin saylov natijalarini tan olmadi va oʻzi gʻalaba qozongani haqida bayonat berdi. Sentabr oyi boshida Gabon poytaxtida tartibsizliklar boʻlib oʻtdi, unda parlament binosi yoqib yuborildi. Ali Bongo yana Konstitutsiyaviy sudga murojaat qildi, sud uning Gabondagi prezidentlik saylovidagi gʻalabasini yana tan oldi. Ali Bongoning inauguratsiya marosimi 2016-yil 27-sentyabrda boʻlib oʻtdi[11].

Ali Bongo Ondimba 2018-yil oktyabr oyida insultni boshdan kechirgan, shundan soʻng 24-oktyabr kuni Ar-Riyoddagishifoxonaga yotqizilgan edi. Reabilitatsiya davolash ishlariMarokashda[12] amalga oshirildi. 2018-yil 24-oktyabrdan 2019-yil 1-yanvargacha Bongo omma oldida koʻrinmadi, bu uning oʻlishi yoki nogiron boʻlib qolishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga sabab boʻldi[13]. 2019-yilning 1-yanvarida Bongo oʻlimi haqidagi mish-mishlarga chek qoʻyish uchun 2018-yil oktyabr oyida kasal boʻlib qolganidan soʻng ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan video namoyish qilindi[14]. Shunga qaramay, xorijda istiqomat qiluvchi koʻplab Bongoga qarshi boʻlgan faollari videoning haqiqiyligiga shubha qilishdi, baʼzilari esa bu shaxs Bongo emas, balki uning qiyofadoshi ekanligini taʼkidladilar[15][16]. 2019-yil avgust oyida Bongo insultdan soʻng birinchi marta omma oldida paydo boʻldi[17].

2019-yil 7-yanvarda Gabon harbiylari davlat radiostantsiyasini egallab olishdi va qayta tiklash boʻyicha Milliy kengash tashkil etilganini eʼlon qildi[18]. Ammo oʻsha kuni Aloqa vaziri Gi-Bertran Maponga xavfsizlik kuchlari tomonidan poytaxtda beshta asosiy qoʻzgʻalonchining toʻrttasi hibsga olingani, yana biri qidiruvga berilganini eʼlon qildi[19][20].

Bongoning tibbiy sabablarga koʻra siyosat bilan shugʻullana olmasligi natijasida Gabon chet el biznesmenlariga tegishli korxonalarga nisbatan qarshi rasmiy korruptsiyaning koʻpayishiga guvoh boʻldi[21].

2023-yil 30-avgust kuni Gabonda yangi harbiy toʻntarish sodir boʻldi. Harbiylar bahsli saylovlardan bir necha kun oʻtib, prezident Ali Bongo hukumatini agʻdardi. 30 avgust, chorshanba kuni bir guruh yuqori martabali ofitserlar mahalliy televideniyeda chiqish qilib, hokimiyatni oʻz qoʻllariga olishayotganini eʼlon qildilar[22].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Silvia Bongo Ondimba bilan turmush qurgan. Qizi Malika Bongo Ondimba va Nuriddin Eduard Bongo Valentin va Jalil Luis Bongo Valentin degan ikki oʻg'li bor.

1994-yilda Ali Bongo Los-Anjelesdan (Kaliforniya) boʻlgan ikkinchi xotini, amerikalik Inge Lin Kollinz Bongoga uylandi. Ali Bongo prezident etib saylanganida Inge Bongo Kaliforniyada oziq-ovqat talonlari hisobiga yashagan va keyinchalik u 2015-yilda ajrashish uchun ariza bergan[23].

Bongo musiqachi sifatida ham tanilgan, u tez-tez onasi Dabani Pasyans sharafiga qoʻshiqlar yozib turadi.

  1. „Africa Intelligence : l'information exclusive sur l'Afrique“ (fr). Africa Intelligence. Qaraldi: 2020-yil 31-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Кусов, Виталий. „Али Бонго Ондимба: президент Габона, биография и правление“ (ru). Правители Африки: XXI век. Qaraldi: 2018-yil 7-mart.
  3. „Who is Ali Bongo, president of Gabon?“. BBC News (2019-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 31-oktyabr.
  4. „Der Sohn sieht sich als Präsident gewählt“ (de). www.20min.ch. Qaraldi: 2019-yil 12-yanvar.
  5. „RFI - Bongo's son appeals for calm as country goes into mourning“. www1.rfi.fr. Qaraldi: 2020-yil 31-oktyabr.
  6. „The Parisian treasures of African tyrants: French government may seize“ (en). The Independent (2013-yil 12-iyul). Qaraldi: 2020-yil 6-noyabr.
  7. „Gabonews, Gabon: Dix candidats dont une femme pour la candidature du PDG à la prochaine présidentielle“. web.archive.org (2009-yil 8-iyul). 2009-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-noyabr.
  8. „ИТАР-ТАСС“ (ru). tass.ru. Qaraldi: 2019-yil 12-yanvar.
  9. „Obama meeting with Gabon leader criticized“. USATODAY.COM. Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
  10. „Gabon president says giving inheritance to country's youth“ (en-US). news.yahoo.com. Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
  11. Желтов М. В. „Габон: как одна «управляемая демократия» чуть не стала неуправляемой“. ИнтерИзбирком (2016-yil 28-sentyabr). 2016-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-noyabr.
  12. „В Габоне военные объявили о создании «Национального совета реставрации»“ (ru). ria.ru. Qaraldi: 2019-yil 12-yanvar.
  13. „President Ali Bongo of Gabon down with stroke“ (en-US). Vanguard News (2018-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
  14. AfricaNews. „'I am now fine': Ali Bongo tells Gabonese in New Year message“ (en). Africanews (1-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
  15. „Ailing Gabon president has no 'body double': spokesman“. www.digitaljournal.com (2019-yil 7-mart). Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
  16. Ali Breland. „The bizarre and terrifying case of the "deepfake" video that helped bring an African nation to the brink“ (en-US). Mother Jones. Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
  17. „Gabonʻs Ali Bongo makes first live public appearance after stroke“ (en). www.aljazeera.com. Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
  18. „AFP: в Габоне военные захватили госрадиостанцию и призвали создать Совет по восстановлению“ (ru). tass.ru. Qaraldi: 2019-yil 12-yanvar.
  19. „В столице Габона арестовали мятежных военных“ (ru). ria.ru. Qaraldi: 2019-yil 12-yanvar.
  20. „Стали известны подробности подавления бунта в Габоне“ (ru). lenta.ru. Qaraldi: 2019-yil 12-yanvar.
  21. Why many foreign companies are on the verge of leaving Gabon // The Economist. — 2019-08-15. — ISSN 0013-0613.
  22. „Gabonda harbiy to‘ntarish sodir bo‘ldi“. kun.uz. Qaraldi: 2023-yil 30-avgust.
  23. A. B. C. News. „Gabon's First Lady Lives on Food Stamps in California“ (en). ABC News. Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.