Kontent qismiga oʻtish

Ali Al-Biladiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ali Al-Biladiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1857-yil (hijriy 1274-yil)
Vafoti milodiy 1922-yil (hijriy 1340-yil)
Dini Islom

Andoza:Wikidata image

Shayx Ali bin Hasan bin Ali bin Sulaymon Al-Biladiy (arabcha: علي البلادي) (taxminan 1857–1922) (hijriy 1274 – 1340) – bahraynlik islom olimi, tarixchi, yozuvchi va shoir. Oʻzining „Anvarul Badrayn“ („Ikki oyning nurlari“) kitobi bilan mashhur[1].

Yoshligi va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Biladiy milodiy 1857-yilda (hijriy 1274-yil) eski Al-Bilad qishlogʻida (hozirgi Bahraynning shimolidagi Bilad Al Qadim) tugʻilgan. Keyinchalik oilasi bilan Qatifga koʻchib oʻtgan.

Muhammad Husayn Kozimiy, Muhammad Toha Najaf, Murtazo Mahdi al-Kashmiriy an-Najafi, Mahmud Zahab an-Najafi, Hasan bin Matar al-Jazoir kabi taniqli insonlar bilan birga Najafda madrasada oʻqigan[2].

Al-Biladiyning islom fiqhi, aqidasi va tarixiga oid turli asarlari bor. Barchasi arab tilida yozilgan va hech qachon ingliz yoki boshqa tillarga tarjima qilinmagan. Asarlariga quyidagilar kiradi:

  • Anvar Al Badrayn Fi Tarajom Ulamoʻ Al Qatif Val Ahsaʼ Val Bahrayn. (Ikki oyning nurlari: Qotif, Ahsa va Bahrayn ulamolarining tarjimai hollari). [3]
  • Al-Haqqul Vaheh fi Ahval al-Abd as-Solih. (Ochiq haq: Solih qulning tarjimai holi), bu kitobda din arbobi Ahmad Al-Taanning maxsus tarjimai holi mavjud.
  • Zavoher az-Zavojir Fi Maʼrifat Al Kaboʻer .
  • Jannaton Tajri Min Tahtiha Al Anhor .