Alexis Tsipras
Alexis Tsipras | |
---|---|
Gretsiya tashqi ishlar vaziri | |
Mansab davri 2018-yil 21-oktyabrdan – 2019-yil 15-fevralgacha | |
Prezident | Prokopis Pavlopoulos |
Oʻtmishdoshi | Nikos Kotzias |
Vorisi | Georgios Katrougalos |
Gretsiya Bosh vaziri | |
Mansab davri 2015-yil 21-sentyabrdan – 2019-yil 8-iyulgacha | |
Prezident | Prokopis Pavlopoulos |
Oʻtmishdoshi | Vassiliki Thanou-Christophilou |
Vorisi | Kyriakos Mitsotakis |
Mansab davri 2015-yil 26-yanvardan – 27-avgustgacha | |
Prezident |
Karolos Papoulias Prokopis Pavlopoulos |
Oʻtmishdoshi | Antonis Samaras |
Vorisi | Vassiliki Thanou-Christophilou |
Muxolifat yetakchisi | |
Mansab davri 2012-yil 20-iyundan – 2015-yil 26-yanvargacha | |
Hukumat boshligʻi | Antonis Samaras |
Oʻtmishdoshi | Antonis Samaras |
Vorisi | Antonis Samaras |
Syriza raisi | |
Mansab davri 2009-yil 7-sentyabrgacha – 2023-yil 29-iyun]]dan | |
Oʻtmishdoshi | Alekos Alavanos |
Vorisi | Sokratis Famellos |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
28-iyul 1974-yil Afina, Gretsiya |
Siyosiy partiyasi | Syriza (2013–yildan) |
Bolalari | 2 |
Aleksis Tsipras (grekcha: Αλέξης Τσίπρας, 28-iyul 1974-yil, Afina) – yunon davlat va siyosat arbobi, Synaspizmos partiyasi raisi va radikal chaplar koalitsiyasining (SYRIZA) sobiq rahbari. 2015-yil 26-yanvardan 2015-yil 20-avgustgacha va 2015-yil 21-sentabrdan 2019-yil 8-iyulgacha – Yunoniston Bosh vaziri, 2015-yil 20-avgustdan 2015-yil 27-avgustgacha – Bosh vazir vazifasini bajaruvchi[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ambelokipidagi oʻrta maktabni tamomlagan. Afina Milliy Texnika Universitetida (Polytechnion) qurilish muhandisi mutaxassisligi boʻyicha taʼlim olgan va uni 2000-yilda tamomlagan. Aspiranturada shahar va hududiy rejalashtirish (shaharsozlik va yerdan foydalanish) mavzusida tahsil olgan, qurilish sohasida muhandis boʻlib ishlagan. Afinani obodonlashtirish boʻyicha bir qator maqolalar va loyihalar muallifi[2].
Maktabda jamoat hayotiga aralashib, 1980-yillarning oxirida Kommunistik partiyaning yoshlar tuzilmasi – Gretsiya Kommunistik yoshlar harakatiga qoʻshildi, uning eng yuqori choʻqqisi 1990-1991-yillarda boʻlgan. Taʼlim vaziri Vasilis Kondoyannopulos tomonidan taklif etilgan shov-shuvli qonunga qarshi talabalar norozilik namoyishlarida faol ishtirok etdi. Keyin Tsipras ilk bor namoyishchilar va talabalarning vakili sifatida televideniyega taklif qilindi[3].
Talabalik yillarida talabalar harakatining taniqli faoli, talabalar kasaba uyushmasi aʼzosi va Politexnika universiteti kengashi aʼzosi boʻldi. 1995-1997-yillarda Gretsiya Talabalar milliy ittifoqi Markaziy qoʻmitasiga saylangan.
Yoshlar Synaspizmos kotibi sifatida Gretsiya ijtimoiy forumiga tayyorgarlik jarayonida va neoliberal globallashuvga qarshi xalqaro noroziliklarda faol ishtirok etdi.
2013-yil dekabrida 2014-yilgi Yevropa parlamenti saylovlarida Yevropa soʻl partiyasi (Yevropa birlashgan chap/Nordik chap-yashil fraksiyasi) tomonidan Yevropa komissiyasi raisi lavozimiga taklif qilingan birinchi nomzod boʻldi. Tsiprasning nafaqat Gretsiyada, balki Yevropaning boshqa mamlakatlarida (Germaniya, Fransiya, Italiya, Sloveniya va boshqalar) olib borgan kampaniyasining asosi Yevropa Ittifoqining neoliberal kursini „tejamkorlik choralari“ bilan keskin tanqid qilish edi.
2014-yilning 15-mayida Yevropa Komissiyasi prezidentligiga nomzodlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan teledebat chogʻida barcha besh nomzodning eng koʻp tvitini oldi.
2015-yil 20-avgustda Yevropa moliyaviy barqarorlik jamgʻarmasi Gretsiyaga qarz inqirozini yengish uchun moʻljallangan jami 86 milliard yevrolik mablagʻlar paketining birinchi transhi sifatida 13 milliard yevro (14,6 milliard dollar) ajratishga qaror qildi.
Yordam berish shartlari hukmron SYRIZA koalitsiyasining boʻlinishiga olib keldi: Gretsiyaning yevrozonadan chiqishini talab qilib, uning chap fraksiyasining 30 dan ortiq aʼzosi kreditorlar shartlarini qabul qilishga qarshi ovoz berdi. Natijada Syriza parlamentdagi koʻpchilikni yoʻqotdi. Oʻsha kuni Tsipras navbatdan tashqari saylov oʻtkazishni talab qilib, isteʼfoga chiqdi[4]. Bir hafta davomida hukumat boshligʻi sifatida ishladi va 27-avgustda bu lavozimda (Gretsiya tarixida birinchi marta ayol) Vasiliki Tanou-Kristofilou ish boshladi[5].
2015-yil 20-sentyabrda Gretsiyada boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari parlament saylovlarida SYRIZA partiyasi yana saylovlarda gʻalaba qozondi va ertasi kuni Tsipras yana qasamyod qildi[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Time 100 - Alexis Tsipras, by Pablo Iglesias - time.com“. Alexis Tsipras | TIME (16-aprel 2015).
- ↑ https://m.kun.uz/news/2018/10/20/aleksis-cipras-ana-bir-lavozimni-egalladi
- ↑ „What You Need To Know About Alexis Tsipras, The Greek Leader Who Wants To Change Europe“. Huffington Post (26-yanvar]] 2015).
- ↑ „Ципрас подал в отставку с поста премьера Греции“. РБК (2015-yil 20-avgust). 2015-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-avgust.
- ↑ „Пост премьер-министра Греции впервые заняла женщина.“. 2015-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-avgust.
- ↑ „Алексис Ципрас принес гражданскую присягу в качестве премьера Греции.“. 2015-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-sentyabr.