Kontent qismiga oʻtish

Aleksandar Stoimirović

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandar Stoimirović
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksandar Stoimirović
Tavallud sanasi 11-dekabr 1982-yil (1982-12-11) (41 yosh)
Tavallud joyi Kragujevac, Yugoslaviya
Boʻyi 1.79 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1995–1999 Radnički Kragujevac
1999–2001 Milicionar
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001–2004 Radnički Obrenovac 58 (8)
2003–2004 Nacional 0 (0)
2004–2007 Hajduk Kula 44 (5)
2007–2008 Vorskla Poltava 7 (0)
2008–2009 Chernomorets Burgas 16 (1)
2009–2010 Čukarički 24 (1)
2011 Borac Čačak 13 (1)
2011–2012 Petrolul Ploieşti 18 (1)
2012–2013 Pécsi Mecsek 4 (0)
2013–2014 Radnički Kragujevac 6 (0)
Boshqargan klublari
2021 Neftchi (assistent)
2022 Navbahor (assistent)
2023 AGMK (assistent)
2024 Lokomotiv Toshkent
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Aleksandar Stoimirović (Serbiya kirillchasi: Александар Стоимировић; 1982-yil 11-dekabr) – serbiyalik sobiq professional futbolchi[1]. Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasida faoliyat olib borgan sobiq murabbiy.

Yugoslaviyaning Kragujevac shahrida tugʻilgan Stoimirovich oʻz faoliyatini Radnički Obrenovac[2] jamoasida boshlagan. 2004-yilning yozida Xayduk Kula jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Xayduk jamoasi ikki yil faoliyat olib borganidan soʻng, 2006-yilning noyabrida Ukrainaning „Vorskla“ klubi bilan imzolagan[3]. Bir yarim yildan soʻng Vorsklani tark etgan va 2008-yilning iyul oyida Chernomorets klubi bilan shartnoma imzolagan[4]. Aleksandar 2009-yil 8-oktyabrda „Shalke 04“ jamoasining sinov mashg'ulotlariga qoʻshilgan va ikkita oʻrtoqlik oʻyinida ishtirok etgan[5].

Keyinchalik Stoimirović Serbiya Superligasida FK Chukarichki va FK Borac Chachak jamoasida, Ruminiya va Vengriya oliy ligalarida, Petrolul Ployeshti va Pechsi Mechsek FC jamoalari safida oʻynagan[6]. 2013-yilning yozida Serbiyaga qaytib kelgan va oʻzining tugʻilgan oʻsgan shahri, FK Radnički 1923 klubi tarkibida oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy sifatida oʻqigan va FK Radnichki, FK Gruza, FK Lokomotiv Serbiya, FK Sloga jamoalarida faoliyat yuritgan. 2021-yilda Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok etgan Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida Ilhom Mo'minjonovga jismoniy tayyorgarlik bo'yichia murabbiy sifatida yordam bergan[7]. Bir yillik faoliyati davomida „Neftchi“ jamoasi bilan Pro liga gʻolibligini qoʻlga kiritgan. 2022-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasining boshqa bir jamoasi, Namanganning „Navbahor“ klubida bosh murabbiy Samvel Babayanga jismoniy tayyorgarlik boʻyicha yordamchi sifatida faoliyat olib borgan[8][9].

2023-yilgi mavsumda Olmaliqning „AGMK“ jamoasida Mirjalol Qosimovga yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan[10]. 2024-yildan Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi bosh murabbiyi[11]. Yanvar oyida klubda Stoimirović Pro litsenziyasi boʻlmaganligi sababli katta murabbiy lavozimiga tayinlangan[12]. 2024-yil 23-mayda Lokomotiv jamoasini tark etgan.