Aldamoq
Qiyofa
Aldamoq (feʼl) – Alisher Navoiy “Muhokamat ul-lugʻatayn” asarida alohida taʼkidlagan yuzta feʼlning oʻn toʻrtinchisi. Yolgʻon gapirmoq maʼnosidagi bu feʼl qadimgi turkiy tildagi hiyla-nayrang, yolgʻon kabi maʼnolarni anglatgan. “a:l” otidan “-la” qoʻshimchasining “-da” shakli orqali yasalgan; keyinroq “a:” unlisining choʻziqlik belgisi yoʻqolgan. Aldamoq feʼli Navoiy asarlarida hiyla, makr, yolgʻon soʻzlamoq, laqillatmoq maʼnolarida keng qoʻllangan:
Topakoʻr oni, chu topsang, har qayon ozim esa,
Boshigʻa evrul quyundek, dagʻi aldab qaytaru.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |