Alaliya
Alaliya (yunoncha a – inkor qoʻshimchasi va lalia – nutq) – bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻidagi nutq zonalarining chala rivojlanishi yoki zararlanishi sababli bolalarning tilga kirmasligi yoki toʻgʻri soʻzlay olmasligi. Alaliyaga bola bosh miyasi ona qornidaligida yoki tugʻilish chogʻida jarohatlanishi, shuningdek goʻdaklik davrida ogʻir kasalliklar bilan ogʻrishi va boshqa sabab boʻladi. Bunda bola nutqi uzoq vaqt rivojlanmaydi: 5-7 yoshgacha, baʼzan 10-12 yoshgacha bolaning tili chiqmaydi.
Belgilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alaliyaning birinchi belgisi – bolaning oʻz yoshiga mos ravishda nutq rivojlanishidan ortda qolishidir. Nutq rivojlanishining dastlabki rivojlanish bosqichidagi belgilar:
- 12 oylik: Odatda, bola ilk soʻzlarni talaffuz qila boshlaydi. Agar bola 12 oydan keyin ham gapirmasa va „xayr“ deganda qoʻl silkitmasa yoki predmet va odamlarni ishora qilmasa, bu tashvishlanishga sabab boʻlmasligi mumkin.
- 15-18 oylik: Agar bola „mama“ yoki „dada“ soʻzlarini aytolmasa, „salom“ yoki „xayr“ degan soʻzlarga javob bermasa va koʻp ishoralar orqali oʻzini ifodalayotgan boʻlsa, bu nutq rivojlanishida jiddiy kechikish belgisi. Shuningdek, 12 oylikda taxminan 2-5 ta soʻz, 18 oylikda esa 15 ga yaqin soʻz oʻzlashtirgan boʻlishi normal hisoblanadi.
- 2-4 yosh oraligʻida: Bu yoshda bola oʻz-oʻzidan soʻz va iboralarni tuza olmasa, oddiy buyruqlar va koʻrsatmalarni bajara olmasa yoki toʻgʻri soʻz bogʻlanmalarini amalga oshira olmasa, bu nutq kechikishini koʻrsatadi. Shu bilan birga, 2 yoki 3 soʻzdan iborat oddiy gaplarni tuza olmasligi ham kechikishning yana bir belgisi.
Alaliyani boshqa patologiyalarni farqlash muhim, chunki alalik bolalar koʻpincha aqliy rivojlanish kechikishi bilan bir xil alomatlarni koʻrsatishi mumkin. Ammo alaliatik bolalar ijtimoiy aloqaga kirishish, orientatsiyalash va imo-ishoralarni tushunishda yaxshi boʻlishadi. Nutq patologiyalari koʻpincha aqliy rivojlanish normal boʻlgan bolalarda ham uchrashi mumkin, ammo baʼzi maxsus taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar alohida yordamga muhtoj boʻlishadi[1].
Kelib chiqish sababi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nutq kechikishi, nutq rivojlanishining buzilishi yoki tilni yoʻqotish holatlari baʼzida tugʻilishdan oldin yoki keyin ogʻiz sohasida jismoniy nuqsonlar paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Buning natijasida bolaning soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qilish uchun ogʻiz va tilni harakatlantirish qobiliyati sekinlashadi. Ammo, alaliyaga olib keladigan jismoniy boʻlmagan boshqa sabablar ham mavjud.
Alaliyaga olib kelishi mumkin boʻlgan sabablarga quyidagilar kiradi:
- Prenatal shikastlanish: Tugʻilishdan oldin miya yoki boshqa qismlar shikastlanishi.
- Perinatal shikastlanish: Tugʻilish oldi yoki tugʻilishdan keyingi jarohatlar.
- Intoksikatsiya: Zaharlanish yoki toksik moddalar taʼsiri.
- Tugʻruqning patologik kechikishi: Tugʻruqning normadan uzoq davom etishi.
- Mexanik yordam bilan tugʻruq: Tugʻruq jarayonida texnik vositalar yordamida amalga oshirilgan amaliyotlar.
- Eshitish qobiliyatining pasayishi: Eshitish bilan bogʻliq muammolar nutq rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi
- Virusli va yuqumli kasalliklar: Bosh miya va asab tizimiga taʼsir qiladigan infeksiyalar.
- Postnatal miya travmalari: Tugʻilishdan keyin miya jarohati olish.
Alaliya turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alaliyaning motor va sensor turlari bor. Sensor alaliya kamdan-kam, motor alaliya esa koʻp uchraydi. Motor alaliya bu markaziy xarakterdagi organik buzilish natijasi hisoblanib, nosogʻlom nevrologik koʻrinish nutqning rivojlanishi jiddiy orqada qolishi. Motor alaliyaning nutqiy va nutquy boʻlmagan belgilari bor. Nutqiy belgisi leksik-grammatik, fonetik-fonematik buzilish boʻlib, bunday bolalar nutqni toʻliq idrok eta olmaydi. Ularning lugʻat boyligi kam bola kam va notoʻgʻri foydalanishadi. Ular oʻziga qaratilgan nutqni tushunadi. Ayrim tovushlarni talaffuz qilgani bilan tovush birikmalarini oʻzlashtira olmaydi, butun soʻz oʻrniga uning bir qismini aytadi (mas, mushukni „mu“ deydi) va hokazo. Motor alaliyaning nutqiy boʻlmagan belgilariga, motor va psixik rivojlanishidagi kamchiliklar yuzaga keladi. Ularda jismoniy yetishmovchilik, bir oyoqda tura olmaslik, chapaqaylik, samotik zaiflik kuzatiladi[2] .Sensor alaliyaning asosiy belgisi bosh miyaning chap yarimshar yuqori qismining jarohatlanishidir. Bunday bola atrofdagilarning nutqini yomon tushunadi yoki mutlaqo tushunmaydi. Chunki ularda fonetik-fonematik idrok buzilgan boʻladi. Ular oʻzlariga berilgan nutqni qabul qilib, notoʻgʻri javob beradi. Bunda bola nutqining nihoyatda buzilishi ulgʻaygan sari ruhiy taraqqiyotda ham oʻz tengdoshlaridan ortda qolishiga sabab boʻladi. Sensor alaliyani korreksiyalash mootor alaliyaga nisbatan qiyinroq hisoblanadi, sensor alalaiya hozirgi kunga qadar chuqur oʻrganilmagan. Alolani korreksiyalashda logoped uchun eng asosiy ish bu lugʻat boyligi ustida ishlashdir. Alaliyaga yoʻliqqan bolalar maxsus maktablarda alohida usul bilan oʻqitiladi. Natijada, garchi uzoq vaqt davomida boʻlsa ham, ularning koʻpchiligi (motor alaliya) nutqi tuzalib, odatdagi maktablarning oʻquv dasturini oʻtadilar.
Davoalsh
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alaliya uchun davolash va terapiya turli omillarga bogʻliq, masalan, alaliyaning turi, sabab va darajasi. Nutq terapiyasi alaliyani tuzatishda eng keng tarqalgan va samarali usul hisoblanadi. Nutq terapevtlari bolalarda talaffuz va nutqni yaxshilashga yordam beradi, ularning nutq zonalarini faollashtirish va til koʻnikmalarini shakllantirish uchun turli mashqlarni qoʻllaydi
- Maxsus davolash usullaridan biri – miyofunksional terapiya (MFT) boʻlib, yuz mushaklarining muvozanatini tiklashga qaratilgan. Bu terapiya bolalarning ogʻiz va yuz mushaklarini mustahkamlaydi va til shakllanishini osonlashtiradi va uni odatda nutq patologlarini tuzatadi.
- Uy sharoitida qoʻllash mumkin boʻlgan mashqlar ham mavjud. Masalan, muntazam kitob oʻqish va bola bilan sodda va tushunarli til orqali savol-javob qilishva jagʻ mushaklarini mustahkamlash va chaynash harakatlarini rivojlantirish uchun turli xil ovqat teksturalarini tavsiya qilinadi. Bu jagʻ mushaklarini rivojlantirish bilan birga, til shakllanishini ham qoʻllab-quvvatlaydi, faqat terapiyaham alaliya bilan ogʻrigan bolalarda til va nutqni rivojlantirishda yordam berishi mumkin, chunki musiqa talaffuz va talaffuz ritmini yaxshilashga yordam beradi .
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ https://www.rxshop.md/articles/2019/alalia-symptoms-causes-and-treatment/
- ↑ Ayupova, Mukaram. {{{title}}}. Toshkent: 0 ‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007-yil — 106-117-bet. ISBN 9 7 8 - 9 9 4 3 - 3 1 9 - 4 1 - 7. Qaraldi: 2-iyun 2024-yil.