Kontent qismiga oʻtish

Aladağ

Koordinatalari: 37°32′47.00″N 35°23′55.00″E / 37.5463889°N 35.3986111°E / 37.5463889; 35.3986111
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aladağ
Tuman


Adananing siyosiy xaritasi
37°32′47.00″N 35°23′55.00″E / 37.5463889°N 35.3986111°E / 37.5463889; 35.3986111
Mamlakat Turkiya
Rasmiy til(lar)i Turk tili
Aholisi
 (2020)
15,998
Avtomobil kodi 01
Aladağ xaritada
Aladağ
Aladağ

Aladağ — Adana viloyatiga qarashli tuman.

Sharqda Kozan tumani, janubda İmamoğlu va Karaisali tumanlari, gʻarbda Pozanti tumani, shimolda Niğde va Kayseri viloyatlari joylashgan. Maydoni 1347 km². Aholisi 2020-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra 15,998 kishi[1].Tuman markazi — Aladağ shahri. Dastlab Karsantı nomi bilan tanilgan Karaisalı 1987-yilda tumanga aylantirilgan[2]. Okrugning shimoliy qismida Toros togʻlarining Antitavr (Aladağ)lar deb nomlangan qismi joylashgan. Tuman oʻz nomini shu togʻlardan olgan. Geografik jihatdan togʻli hududda joylashganligi sababli qishloq xoʻjaligida hosildorlik past. 6360-sonli qonun bilan markaz tuman munitsipalitetiga aylantirilgan. U 31 ta mahallani oʻz ichiga oladi[1].

Turizm nuqtayi nazaridan eng mashhur joylar: Akören cherkovi, Meydan qal’asi, Küp sharsharasi, Ağacakise yodgorlik daraxti, Simit, Eğner va Kapuzbaşı sharsharalari, Mazilik Ören qal’asi, Posyağbasan qal’asi, Sandıklı va Acı su kabilardir.

Etimalogiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aladağning avvalgi nomi Karaköy boʻlib, u 1973-yilda Karsantı oʻlaroq oʻzgartirilgan. 1987-yilda Karsantı tuman markaziga aylangach, hozirgi nomini olgan. Tuman nomi Tavr togʻlarining Aladağlar deb nomlangan qismidan kelib chiqqan[3]. Bu nom Qadim Onadoʻlida soʻzlashilgan Luvi tilidan kelib chiqqani taxmin qilinadi[2]. Usmonli davlati manbalarida Karsandı shaklida qayd qilingan. Shuningdek, Karaköy nomi bilan ham tilga olinadi[4].

Qadimiy aholi yashash manzilgohi sifatida bilingan Aladağ Xet, Rim va Vizantiya hukmronligidan soʻng Saljuqiylar sulolasi davrida koʻchmanchi aholi kelib oʻrnasha boshlagan. 1360-yillarda shahar Ramazonoʻgʻullari bekligiga keyinchalik esa Yavuz Sulton Salim davrida Usmonli imperiyasiga qoʻshib olingan[5]. 1973-yilda bu hududda alohida maʼmuriy markaz tashkil etilgan. 1987-yildan Aladağ shu nomdagi tuman markaziga aylangan[3].

# Mahalla Km* Balandligi Aholisi
2016[6] 2017 2018 2019
1 Akpınar Mah. 4,4 486 449
2 Başpınar Mah. 4,1 713 693
3 Mansurlu Mah. 3,5 1.519 1.497
4 Sinanpaşa Mah. 0,0 1.489 1.441
ALADAĞ (Merkez) 862 4.207 4.080
5 Akören Mah. 17,9 427 996 958
6 Boztahta Mah. 32,8 296 255 262
7 Büyüksofulu Mah. 27,3 1.046 1.697 1.664
8 Ceritler Mah. 12,7 882 1.031 974
9 Dayılar Mah. 24,1 246 118 108
10 Darılık Mah. 13,2 823 144 139
11 Dölekli Mah. 22,8 800 602 584
12 Ebrişim Mah. 14,7 966 127 125
13 Eğner Mah. 22,2 271 133 124
14 Gerdibi Mah. 38,0 925 1.208 1.166
15 Gireğiyeniköy Mah. 6,5 976 293 293
16 Gökçeköy Mah. 104,0 560 299 296
17 Kabasakal Mah. 6,9 684 226 214
18 Karahan Mah. 103,0 749 215 212
19 Kıcak Mah. 23,9 996 867 864
20 Kışlak Mah. 106,0 870 268 234
21 Kızıldam Mah. 21,1 1.164 540 557
22 Kökez Mah. 15,2 829 1.036 1.037
23 Köprücük Mah. 34,7 1.015 363 340
24 Küp Mah. 38,0 813 81 73
25 Madenli Mah. 18,7 921 107 98
26 Mazılık Mah. 10,8 825 95 91
27 Posyağbasan Mah. 21,4 847 405 396
28 Topallı Mah. 39,5 170 258 248
29 Uzunkuyu Mah. 14,2 711 215 209
30 Yetimli Mah. 13,6 853 456 462
31 Yüksekören Mah. 30,8 575 91 88
ALADAĞ (tog‘li qismi) 12.126 11.816
ALADAĞ   16.333 15.896

Eslatma: Qishloq aholisi 2013-yildan beri jadvalga kiritilmagan, chunki yangi qabul qilingan metropoliten qonuniga koʻra, qishloqlar mahalla maqomidadir.

Aladağning 31 mahallasidan 4 tasi markazda joylashgan. 4080 nafar aholi (25,7%) markaziy mahallalarda istiqomat qilib keladi. Aladağning markazdan eng chetda joylashgan mahallasi 106.km uzoqlikda joylashgan Kışlakdir. Aholisi eng koʻp boʻlgan Büyüksofulu mahallasida 1664 kishi yashaydi. 2017-yil hisobotiga koʻra, Aladağ aholisi 2,68%ga kamaygan[7].

  1. 1,0 1,1 „Coğrafya ve İdari Yapı“ (Türkçe). Aladağ Belediyesi. 29 nisan 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4 ekim.
  2. 2,0 2,1 "Türkiye'deki tarihsel adlar". İnkılâp Kitabevi, 1993 — s. 396-bet. 
  3. 3,0 3,1 "Şehrim! Adını kim koydu?". Tablet Basım Yayın, 2004 — s. 61-bet. 
  4. "Dahiliye Mektubi Kalemi", 1894 — dosya no: 191, gömlek no: 3-bet. 
  5. „İlçe Tarihi“ (Türkçe). Aladağ Belediyesi. 29 nisan 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4 ekim.
  6. TÜİK 31 Ocak 2017 verileri
  7. TÜİK 1 Şubat 2018 verileri