Al-Xidr (Iroq)
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Al-Xodar الخضر | |
---|---|
31°11′58″N 45°32′54″E / 31.19944°N 45.54833°E | |
Mamlakat | Iroq |
Muhofazot | Musanna muhofazoti |
Asos solingan | 1921 |
Aholisi (2018) |
42,800 |
|
Al-Xodar yoki Al-Xidr (Arabic: الخضر) janubiy Iroqdagi Musanna muhofazotidagi shahar. Furot daryosi boʻyida joylashgan. Shahar nomi oʻsha yerda joylashgan al-Xizr ziyoratgohidan kelib chiqqan. 2018-yil holatiga koʻra, shaharda 42,800 nafar aholi istiqomat qilgan[1].
Nom
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar oʻsha yerda joylashgan Xizr ziyoratgohi sharafiga nomlangan. Shaharga har yili minglab odamlar ziyorat uchun kelishadi.
Geografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar hududi taxminan 1000 km2. Shahar Samavadan 27 kilometr (17 milya) janubi-sharqda joylashgan[2].
Aholi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharda 1920-yilda inglizlarga qarshi Iroq qoʻzgʻolonida qatnashgan bir qancha shia arab qabilalari istiqomat qiladi. Eng koʻzga koʻringan qabilalar Bani Hojim, Bani Saʼd va al-Aboud qabilalaridir.
2009-yilda shahar aholisi 34,597 nafarni tashkil qilgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2018-yilda 42,800 nafarga yetgan[1].
Mahallalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- al-Sanaʼa
- al-Ansar
- al-Xodar al-Qadim
- al-Askariy
- al-Maqam
- al-Asriy
- al-Imom al-Hasan al-Askariy
- al-Bourisha
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Iraq: Governorates, Major Cities & Urban Centers - Population Statistics, Maps, Charts, Weather and Web Information“. www.citypopulation.de. 2018-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-noyabr.
- ↑ Calculated with Google Maps