Kontent qismiga oʻtish

Al-Shanfara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Al-Shanfara (arabcha: الشنفرى; taxminan milodiy 525-yilda vafot etgan) — shoir, mashhur „Lamiyyat al-Arab“ sheʼrining muallifi[1]. Shoir jamiyatdagi ikkiyuzlamachilikni chetdan turib tanqid qilgan.

Al-Shanfara „lablari katta“ degan maʼnoni anglatadi[2]. Uning toʻliq ismi Sobit ibn Molik[2] yoki Sobit ibn Avs boʻlishi mumkin[3]. Al-Shanfara Yamanning al-Azd qabilasiga yoki al-Xazraj urugʻiga mansub boʻlgan boʻlishi mumkin[4]. Baʼzilar shoirning onalari afrikalik boʻlgan arablarga nisbatan qoʻlllaniladigan aʼrobat al-arab (arab qargʻalari) deb ataluvchi kishilar guruhiga kirganligini aytsa[2], yana boshqalar uning ushbu guruhga kiritilishiga qarshi bahslashadilar[5], olim Bernard Lewisning fikricha esa, bu fikrlar qarama-qarshiligi dastlabki manbalarda keltirilgan saʼalik va aʼrobat al-arab oʻrtasidagi chalkashlik bilan bogʻliq hisoblanadi[6].

Al-Shanfara taxminan 525-yilda vafot etgan[3]. Bir qancha maʼlumotlarga koʻra, al-Shanfara Haram ibn Jobirni oʻldirgani uchun undan qasos olish maqsadida oʻldirilgan. Yarim kechasi Haram ibn Jobirning ukasi va ikki oʻgʻli pistirmaga tushib, al-Shanfarani bogʻlab, oʻzlarining qabilasiga olib ketishgan.

Al-Shanfara nomi 1033-yilda Maarriy tomonidan yozilgan „Resalat al-Ghufran“ asarida keltirilgan. Asarda tasavvuriy doʻzax safari chogʻida Maarriyni tanqid qilgan shayx Taabbata Sharran hamda al-Shanfaraga duch keladi[7][8].

  1. Sezgin 1975.
  2. 2,0 2,1 2,2 Arazi 1997.
  3. 3,0 3,1 Beeston et al. 1983.
  4. Mansour 2005.
  5. Khulayf 1978.
  6. Lewis 1985.
  7. Allen 2005.
  8. Nicholson 1900.