Al-Muhammadiy masjidi
Masjid | |
Al-Muhammadiy masjidi
مسجد المحمدي | |
Mamlakat | Marokash |
Shahar | Kasablanka |
Koordinatalar | 33°34′34.7″N 7°36′21.8″W / 33.576306°N 7.606056°W |
Meʼmor | Auguste Cadet |
Asosiy sana: 12-iyun 1936-yil
| |
Umumiy maydoni | 3,600 m2 (39,000 kv ft) |
Hajmi | 8000 kishi |
Al-Muhammadiy masjidi Vikiomborda |
Al-Muhammadiy masjidi (arabcha: مسجد المحمدي)[1] – Marokashning Kasablanka shahridagi Hubous kvartalida joylashgan katta masjid. U 1935-yilda qurilgan. Uning qurilishiga Sulton Muhammad V homiylik qilgan, shu sababli ham masjid uning nomi bilan atalgan[2][3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid qurilishi 1934-yil 30-iyunda boshlangan[4][5]. U meʼmorlar Auguste Cadet tomonidan ishlab chiqilgan[5]. Cadet Edmond Brion bilan birga Hubous kvartalidagi boshqa binolarni, jumladan, yaqin atrofdagi al-Yusufiy masjidini (yoki Moulay Youssef masjidi) loyihalashda ishtirok etgan[5][6]. Sulton 1934-yil avgust oyida meʼmorlar Abad va Bin Umar tomonidan ish olib borilayotgan paytda qurilish maydonchasiga tashrif buyurgan[4]. Masjid 1936-yil 12-iyun kuni Muhammad V ishtirokida rasman ochilgan[5][7].
Masjid 2007-yilda restavratsiya qilingan[8][9].
Arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bino 3,600 m2 (39,000 kv ft) ga yaqin maydonni egallaydi va u 6000 yoki 8000 tagacha namozxonni oʻzida sigʻdira oladi[10][11]. Uning dizayni anʼanaviy Marokash islom arxitekturasiga asoslangan. Minorasi Marokash shahridagi Kutubiyya masjidining minorasiga va hovlisi esa Fes shahridagi Qaraviyyin masjidi hovlisiga oʻxshash tarzda yaratilgan[12].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Mosquée Mohammadi“. ArchNet. Qaraldi: 2023-yil 9-mart.
- ↑ „Une mosquée qui porte le nom de feu Mohammed V“ (fr-FR). Aujourd'hui le Maroc (2006-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 9-mart.
- ↑ „Casablanca“ (fr). Le Matin. Qaraldi: 2023-yil 9-mart.
- ↑ 4,0 4,1 „S. M. le Sultan visite les travaux de la mosquée qu'elle fait ériger à Derb-Sidna“. Le Petite Marocain (1934-yil 23-avgust), s. 4. Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 Yassine Kassab, Rim (2024). "Unveiling the neo-Moroccan city: a historical exploration of Casablanca's Habous district (1917-1926)" (en). Planning Perspectives: 1–29. doi:10.1080/02665433.2023.2300646. ISSN 0266-5433.
- ↑ „Une mosquée qui porte le nom de feu Mohammed V“ (fr-FR). Aujourd'hui le Maroc (2006-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 9-mart.
- ↑ "La solennelle consécration d'une nouvelle mosquée à Casablanca". L'Illustration 4870: 318–321. 4 July 1936. http://archives.cnd.hcp.ma/uploads/news/017180.pdf. Qaraldi: 24 February 2024.Al-Muhammadiy masjidi]]
- ↑ „Casablanca“ (fr). Le Matin. Qaraldi: 2023-yil 9-mart.
- ↑ „Lieux de culte : La Mosquée «Al Mohammadi» de Casablanca“ (fr-FR). Le Reporter.ma (2017-yil 12-iyun). Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
- ↑ „Une mosquée qui porte le nom de feu Mohammed V“ (fr-FR). Aujourd'hui le Maroc (2006-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 9-mart.
- ↑ „Casablanca“ (fr). Le Matin. Qaraldi: 2023-yil 9-mart.
- ↑ Roberson, Jennifer Anne. The Mosque: Community and identity in late 20th-century Morocco and Spain (en). University of Minnesota, 2004 — 48-bet. ProQuest 305158005.