Kontent qismiga oʻtish

Al-Madoiniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Madoiniy Abulhasan Ali Ibn Muhammad Ibn Abdulloh Ibn Abu Sayf (9-asrning 1-yarmi) – tarixchi va adib. Basrada taʼlim olgan. Birmuncha vaqt Madoiniy (Mesopotamiya)da turgan (M. nisbasi ham shundan), Bagʻdodda yashagan. Ibn an-Nadim „Fehrist“ („Mundarija“) nomli asarida Madoiniy toʻgʻrisida eslatib oʻtgan. Madoiniy islom, xalifalik tarixi, bosqinchilik urushlari, qoʻzgʻolonlar hamda oʻlka va shaharlar tarixi, Muhammad (sav) tarjimai hollari, adib va shoirlar haqida 239 ta asar yozgan. Madoiniy asarlari keyingi asrlarda yozilgan arab tarixchilarining kitoblariga asosiy manba boʻlib xizmat qilgan. „Axbor ul-xulafo“ („Xalifalar xabarlari“), „Axbor quraysh“ („Kuraysh qabilasi xabarlari“), „Kitob futuh ash-Shom“ („Shomning bosib olinishi haqida kitob“), „Axbor shuaro“ („Shoirlar solnomasi“), „Tarix al-buldon“ („Oʻlkalar tarixi“) kabi asarlar muallifi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil