Aktinolit
Qiyofa
Aktinolit, nur sochuvchi tosh (lotincha, actis — nur, lithos — tosh) — amfibollar guruhidan boʻlgan jins hosil qiluvchi mineral. Baʼzan MpO aralashmasi bilan uchraydi (manganaktinolit). Qattiqligi 5-6. C. ogʻ. 3,2-3,3. Rangi och yashildan toʻq yashilgacha. Shishasimon yaltiroq. Monoklin sistemasida kristallanadi. Radial-nursimon agregatlarga toʻplangan choʻziq, ignasimon va ipsimon kristallar hosil qiladi. Uning zich turi nefrit deb ataladi. Aktinolit skarnlarda, magmatik va me-tamorfik jinslarda uchraydi. Kislotaga chidamli material tayyorlashda ishlatiladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |