Kontent qismiga oʻtish

Akram Dadaboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akram Dadaboyevich Dadaboyev (1908, Xoʻjand — 1988.12.8. Toshkent) — seleksioner olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968). Toshkent qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan (1934). 1934—66 yillarda hozirgi Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim, boʻlim mudiri, seleksioner, direktor. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti (1957—61), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining fan boʻyicha oʻrinbosari (1966—72). 1972-yildan Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy tadqiqot institutida maslahatchi. Dagʻal, pishiq va kalta tolali, qurgʻoqchilik va kasalliklarga chidamli S-7059, S-7010, S-7068, S-7055, ertapishar va bargi tez toʻkiladigan, 42% gacha tola beradigan S-8230, S-8232, S-8257 va b. gʻoʻza navlarini yaratdi. Ilmiy ishlari yangi gʻoʻza navlarini yaratish muammolariga bagʻishlangan.