Akbar Hakimov
Akbar Abdullayevich Hakimov (1949.9.8, Termiz shahri) — sanʼatshunos, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2017), Oʻzbekiston Badiiy akademyasi akademigi (1997), sanʼatshunoslik fanlari doktori (1993), professor(1996). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1972). 1969-yildan Sanʼatshunoslik institutida katta laborant, ilmiy xodim (1979—82), boʻlim mudiri (1982—92), direktor oʻrinbosari (1992—97; 2000-05-yillarda direktor vazifasini bajaruvchi); 2005-yildan Tasviriy va maliy-bezak san`ati bo`limi mudiri. O`rindoshlik asosida Oʻzbekiston Badiiy akademyasi bosh ilmiy kotibi (1997—2005), Kamolliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori (1993-yildan) Hakimovning ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo tasviriy va amaliy-bezak san`atini oʻrganishga bagʻishlangan. Hakimov bir qancha xalqaro ilmiy anjumanlar qatnashchisi, koʻrgazmalar loyihasi va ularga tuzilgan kataloglar hammuallifi ("Orol fojiasi", "Oʻzbekiston — Amir Temur vatani" va boshqalar) "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (2000). Tokiyodagi Soka universiteti faxriy professori (2000-yildan).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Iskusstvo Sentralnoy Azii, L., 1987; Sovremennoye dekorativnoye iskusstvo Sent-ralnoy Azii, T., 1988; Sovremennaya dekora-tivnaya plastika respublik Sredney Azii, T., 1999; Iskusstvo natsiy, M., 2000.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |