Kontent qismiga oʻtish

Akbar Ahmedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Akbar Ahmedov
OʻzSSR KP(b) Markaziy Qoʻmitasi savdo boʻlimi mudiri
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1901-yil
Qoʻqon shahri
Vafoti 4-oktyabr 1938-yil(1938-10-04)
(37 yoshda)
Turmush oʻrtogʻi Adolatxon Abdullabekova

Akbar Ahmedov— qoʻqonlik davlat va jamoat arbobi. OʻzSSR KP(b) Markaziy Qoʻmitasi savdo boʻlimi mudiri.

Akbar Ahmedov 1901-yilda Qoʻqon shahrida tavallud topgan. U dastlab jadid va rus-tuzem maktablarida tahsil olgan. Akbar Ahmedov Qoʻqonning nufuzli oilalaridan birida dunyoga kelgan. Bu davrda Qoʻqonda Turkiston muxtoriyati tugatilgach, Akbarxoʻjaning oila aʼzolari ham taqib ostiga olingan. U 1921-yilda 4-yanvardan mahalliy qurilish tashkilotiga dastlabki faoliyatini boshlaydi. 1927-yilda kompartiyaga kirib, keyinroq bir qator sovet partiya tashkilotlarda ishlaydi. Akbar Ahmedov 1927-1932-yillarda OʻzSSR Kasaba uyushmalari ittifoqida, 1932-yildan OʻzSSR kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining taʼminot boʻyicha kotibi sifatida ishlaydi. U 1934—1935-yillarda Moskva Marksizm-leninizm kursida tahsil oladi. 1936-yildan OʻzSSR KP(b) Markaziy Qoʻmitasi savdo boʻlimi mudiri sifatida faoliyat olib boradi[1]. 1937-yil yanvardan 15-iyulgacha OʻzSSR sovxoz xalq komissari sifatida ishlaydi. U qamoqqa olinganiga qadar OʻzSSR ichki savdo xalq kommisari lavozimida faoliyat koʻrsatadi. 1937-yil 9-noyabrda Akbar Ahmedov sobiq OʻzSSR yengil sanoat komissari Gʻulom Yaqubov bilan yuzlashtiriladi. Agjikitov 1937-yil 20-dekabrda hech qanday dalillar koʻrsatmagan holda Akbar Ahmedovni maxfiy millatchilik tashkiloti aʼzosi, josus, sovet hukumatiga qarshi deversant sifatida, OʻzSSR JKning 57-moddasi 1-bandi va 63-moddasini ham qoʻllab qaror chiqaradi. Akbar Ahmedov 1938-yil 4-oktyabr kuni soat sud boʻlib oʻtib, otuvga hukm qilindi va hukm oʻsha kunning oʻzida ijro etildi.

1957-yil 8-fevralda Akbar Ahmedovning turmush oʻrtogʻi Adolatxon Abdullabekova Qoʻqon shahar Mikoyan koʻchasi 1-uydan OʻzSSR KP MK birinchi kotibi N. A. Muhiddinovga ariza yozadi. 1956-yil 12-iyun kuni Adolatxon yana OʻzSSR prokuraturasiga ariza yozadi. 1957-yil 21-sentyabr kuni SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi tomonidan oqlanadi va bu haqida uning oila aʼzolariga xabar yoʻllandi[2].

  1. Irzayev B. Qoʻqon tarixidan lavhalar. Toshkent: „Akademnashr“, 2020 — 240-bet. 
  2. Hasanov B. Tarixning nomaʼlum sahifalari VIII kitob. Toshkent: „Akademnashr“, 2018 — 304-bet.