Ajdaho uyi
Ajdaho uyi | |
---|---|
Rejissyor(lar) | |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) |
Tom hansen |
Qaysi asarga asoslangan |
Fire & Blood –George R. R. Martin |
Rollarda |
|
Bastakor(lar) | Ramin Djawadi |
Kinematografiya |
|
Studiya(lar) |
|
Chiqarilgan sanasi | 21-avgust, 2022-yil |
Davomiyligi | 54–70 minut |
Mamlakat | AQSh |
Til | Ingliz tili |
Ajdaho uyi (inglizcha:House of the Dragon) – bu George R. R. Martin va Ryan Kondal tomonidan HBO televideniya kompaniyasi uchun yaratilgan fantaziyali televizion serial. „Taxtlar oʻyini“ (inglizcha:Game of Thrones) (2011-2019) esa ushbu serialning ikkinchi qismi hisoblanadi.Condal va Miguel Sapochnik birinchi mavsumda ushbu filmning prodyuserlari boʻlishgan. Martinning 2018-yilda nashr etilgan „Fire and blood“ nomli kitobida tasvirlangan voqealarga asoslangan. Serialda Yetti Qirollik Targaryenlar hukmronligi ostida birlashganidan taxminan 100 yil vaqt oʻtib, „Taxtlar oʻyini“ voqealaridan taxminan 200 yil oldin va Daenerys Targaryen tugʻilishidan 172 yil oldin sodir boʻlgan voqealarni oʻz ichiga olgan. Ansambl ishtirokida taqdim etilgan shouda „Ajdaholar raqsi“ nomi bilan mashhur boʻlgan raqsda, urushning vayronagarchiliklarini va Targaryen uyining tanazzulga yuz tutishiga olib keladigan voqealar tasvirlangan.
2019-yil oktyabr oyida „Ajdaho uyi“ seriyalarini toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatish taklifi kelgan. 2020-yil iyul oyida kasting jarayonlari boshlangan va 2021-yil aprel oyida Buyuk Britaniyada asosiy suratga olish ishlari boshlangan. 2022-yil 21-avgustda film premyerasi boʻlib oʻtgan hamda birinchi mavsum oʻnta epizoddan iborat boʻlgan. Film premyerasidan besh kun oʻtgach ikkinchi mavsumni suratga olish uchun harakatlar boshlangan. Sapochnik birinchi mavsumdan keyin prodyuserlar safidan ketgach, Kondal ikkinchi mavsumda yagona prodyuser boʻlib qolgan. Ikkinchi mavsum film premyerasi 2024-yil 16- iyun kuni boʻlib oʻtgan va u sakkiz epizoddan iborat boʻlgan. 2024-yil iyun oyida ikkinchi mavsum premyerasidan keyin serialning uchinchi mavsumi uchun ishlar boshlangan.
Film birinchi mavsumdagi qahramonlar obrazi, vizual taʼsirlari va ssenariysi uchun Ramin Djawadi tomonidan ijobiy baholangan. Biroq, vaqt oʻtgan sayin baʼzi sahnalarning qorongʻuligi tanqid ostiga olingan. Film seriyasining premyerasi birinchi kunning oʻzida 10 milliondan ortiq tomoshabinlar tomonidan tomosha qilingan va bu HBO tarixidagi eng katta muvaffaqiyat qozongan film sifatida eʼtirof etilgan. „Ajdaho uyi“ filmi 80th Golden Globe Awards mukofoti taqdirlash marosimida „Eng yaxshi televizion drama“ nominatsiyasini qoʻlga kiritdi hamda Emma D’Arcy „Televideniya serialida eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasiga nomzod boʻldi. Shuningdek film Emmy Award mukofotining 9 ta yoʻnalishida mukofotni qoʻlga kiritdi va British Academy Television Craft Awardsning 3 ta mukofotiga sazovor boʻldi.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Serialdagi voqealar „Taxtlar oʻyini“ voqealaridan taxminan 200 yil oldin Vesteros xayoliy qitʼasidagi voqealarga asoslangan holda boshlangan hamda u Targaryen va Yetti Qirollikning 100 yil oʻtganidan keyin birlashishi voqealarini tasvirlangan holda davom ettirilgan. Hikoyadagi „Ajdaholar raqsi“da Aegon I ning taxt vorisi etib tayinlanganidan keyin boshlangan fuqarolar urushi haqida hamda ikki kishi oʻrtasidagi ziddaiyatlar koʻrsatib berilgan. „Raqs“ deb nomlanishiga sabab esa Viseris I vafotidan soʻng, uning toʻngʻich qizi malika Rhaenyra Qora partiya tomonidan qoʻllab-quvvatlangan va uning ikkinchi turmushidan boʻlgan oʻgʻlining taxt uchun kurash boshlanganligi uchun qoʻyilgan. Yashil partiyasi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan shahzoda Aegon II Targaryen bir vaqtning oʻzida Temir taxtga boʻlgan huquqlarini eʼlon qilgan[1][2][3].
Ishlab chiqarilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yilda, „Taxtlar oʻyini“ hali ishlab chiqarilayotgan bir paytda, HBO rahbarlari „A Song of Ice and Fire“ asari yozuvchisi George R. R. Martinga ushbu filming davomi boʻlishi mumkin boʻlgan asar yozishi uchun murojaat qilishgan[4]. 2018-yilning noyabr oyida Martin kelgusi seriyalar „Fire and Blood“ romanidagi voqealarga asoslanishini aytgan[5]. „Taxtlar oʻyini“ filmi ijodkorlari Devid Benioff va D. B. Weiss bu franchayzingdan chiqishni istashlarini va keyingi loyihalarda ishtirok etmasliklarini taʼkidlashgan[6]. 2019-yil sentyabr oyida George R. R. Martin va Ryan Kondalning „Taxtlar oʻyini“ seriyasidagi sahnalari HBO tomonidan buyurtma olishiga yaqin qolgan edi[7]. Keyingi oyda esa „Ajdaho uyi“ televizion seriyasi toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatildi[8].
Epizodlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fasl | Qismlar | Efirga uzatish tarixi | |||
---|---|---|---|---|---|
Birinchi qism | Oxirgi qism | ||||
1 | 10 | 21-avgust, 2022-yil | 23-oktyabr, 2022-yil | ||
2[9] | 8 | 16-iyun, 2024-yil | 4-avgust, 2024-yil |
Tasvirga olinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi mavsum uchun kasting 2020-yil iyul oyida boshlangan[10]. 2020-yil oktyabr oyida Paddy Considine Viserys I Targaryen rolini ijro etgan[11]. Considinega „Taxtlar oʻyini“ filmida rol oʻynashni taklif qilishgan, biroq serialning fantastik elementlari tufayli bu taklif rad etilgan[12]. Condal 2020-yilgi intervyusida Considine Viserys uchun birinchi nomzod boʻlganligini taʼkidlab oʻtgan[13]. Dekabrga kelib, Olivia Cooke, Matt Smith va Emma D'Arcy mos ravishda Alicent Hightower, Daemon Targaryen, and Rhaenyra Targaryen rollarini ijro etishgan[14]. The Hollywood Reporter nashriga bergan intervyusida Smith dastlab Taxtlar oʻyini serialida rol oʻynashga ikkilanganini, lekin Considinening loyihaga qoʻshilishini bilib, rolni qabul qilganini aytgan[15]. 2021-yil fevral oyida asosiy tarkibga Rhys Ifans, Sete Toussaint, Eve Best va Sonoya Mizuno qoʻshilgan[16]. Aprel oyiga kelib, Fabien Frankel Ser Criston Cole rolini ijro etgan[17]. May oyida Graham McTavish suratga olish jarayonlarida toʻliq ishtirok etishi boshlagan[18]. 2021-yil iyul oyida Emily Carey va Milly Alcock mos ravishda Alicent Hightower va Rhaenyra Targaryenning yosh hamkasblari sifatida aktyorlar tarkibiga qoʻshilgan[19]. Birinchi mavsumning oʻrtalarida vaqt oʻzgarishi hisobiga bir xil rolga bir nechta aktyorlarni tanlashga toʻgri kelgan[20]. 2023-yil aprel oyida Geyl Renkin, Saymon Rassell Beale, Freddi Fox va Abubakar Salim ikkinchi mavsum uchun aktyorlar tarkibiga qoʻshilganligi eʼlon qilingan va mos ravishda Alis Rivers, ser Saymon Strong, ser Gveyn Xaytauer va Xalllik Elin rollarini ijro etishgan[21]. 2023-yil dekabr oyida Tom Taylor, Clinton Liberty, Jamie Kenna, Kieran Bew, Tom Bennett, va Vincent Regan ikkinchi mavsumda Lord Cregan Stark, Addam of Hull, Ser Alfred Broome, Hugh Hammer, Ulf the White va Ser Rickard Thorne sifatida aktyorlar tarkibiga qoʻshilgani eʼlon qilingan[22].
Musiqiy ijrosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil fevral oyida Ramin Djavadi filmlar seriyasi uchun soundtrek yaratishi eʼlon qilingan[23]. Djavadi „Taxtlar oʻyini“ning sakkizta mavsumi uchun musiqa bastalagan, bu unga Gremmy Awards mukofotining 3 ta nominatsiyasi va Emmy Awards mukofotining 2 ta nominatsiyasini qoʻlga kiritishiga sabab boʻlgan[24][23]. Djavadi va film prodyuserlari „Ajdaho uyi“ filmi uchun „Taxtlar oʻyini“ filmidagi asl soundtrekdan foydalanishni afzal koʻrishgan. Qoʻshiq ikkinchi mavsumning ochilish marosimida ijro etilgan. The A. V. Clubi bilan boʻlib oʻtgan intervyuda Djawadining taʼkidlashicha, asl qoʻshiq „seriyalarni bir-biriga bogʻlash“ uchun ishlatilgan[25]. Birinchi mavsumda Djavadi Condal va Sapochnik bilan birga filmdagi har bir epizodni tomosha qilgan hamda musiqa ijro etilishi va musiqa qanday kayfiyatni shakllantirishi kerakligi haqida qaydlar qilgan[26][27].
Tili
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taxtlar oʻyini tilshunosi Devid J. Peterson filmda ishlatilgan til ustidagi ishini davom ettirish uchun qaytib kelgan va oʻz ishini davom ettirgan[28]. Petersonning taʼkidlashicha, „Taxtlar oʻyini“dan farqli oʻlaroq, „Ajdaho uyi“ yuqori valiriya tilida uzoq davom etadigan dialogga ega[29]. Serialda yuqori valiriya tilida ham Targaryenlar, ham Velaryonlar gaplashadi, bu esa aktyorlardan tilni oʻrganishni talab qiladi[30]. Xabarlarga koʻra, Emma D’Arsi uni oʻrganishni yoqtirgan, Mett Smith esa dastlab uni oʻrganishdan qoʻrqqan[31].
Byudjeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Ajdaho uyi“ning birinchi mavsumini suratga olish uchun qariyb 200 million dollar sarflangan, bu har bir epizod uchun oʻrtacha 20 million dollardan toʻgʻri keladi[32]. Solishtirish uchun, uning asosiy seriyasi hisoblanadigan „Taxtlar oʻyini“ning har bitta mavsumi uchun taxminan 100 million dollar sarflangan, birinchidan mavsumddan beshinchi mavsumgacha boʻlgan har bir epizod uchun deyarli 6 million dollardan, oltinchi va yettinchi fasllaridagi har bir epizod uchun taxminan 10 million dollardan sarflangan. Shuningdek, sakkizinchi mavsumida esa har bir epizod uchun 15 million dollardan pul ishlatilgan. Umumiy hisobda film ijodkorlari har bir mavsumdagi har bir epizod uchun oʻrtacha 285 million dollardan daromad qilishgan[33][34]. Deadline Hollywood maʼlumotlariga koʻra, ushbu film marketingi uchun 100 million dollardan ortiq pul mablagʻi ajratilgan[35].
Efirga chiqarilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Ajdaho uyi“ film premyerasi 2022-yil 21-avgustda boʻlib oʻtgan[36]. Bu film HBO tomonidan taqdim etilgan ilk 4K formatidagi film boʻlgan[37]. Filmning birinchi epizodi 2022-yil 2-sentyabrda YouTube ijtimoiy tarmogʻida bepul taqdim etilgan[38]. Film birinchi mavsumining yakuniy qismlari haqiqiy efir sanasidan bir hafta oldin onlayn platformalarda eʼlon qilingan[39]. HBO maʼlumotlariga koʻra, film haqida eng koʻp tanqidlar Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika davlatlaridan kelgan va ularni doimiy tarzda „agressivlik bilan“ kuzatib borishgan[40]. Shunga qaramay filmning ikkinchi mavsum premyerasi 2024-yil 16-iyun kuni boʻlib oʻtgan[41].
Televideniyega uzatilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Filming birinchi fasli 2022-yil 20-dekabrda 4K UHD Blu-ray, Blu-ray va DVD shakllarida taqdim etilgan[42].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Harrison, Juliette. „House of the Dragon: The Real History Behind the Game of Thrones Prequel“. Den of Geek (2022-yil 4-sentyabr). 2022-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-oktyabr.
- ↑ Brockell, Gillian. „'House of the Dragon' is based on this real medieval civil war“ (2022-yil 4-sentyabr). 2022-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-oktyabr.
- ↑ Ravilious, Kate (July–August 2018). "Inside The Anarchy". Archaeology (Boston: Archaeological Institute of America) 71 (4): 55–63. https://www.jstor.org/stable/26822699. Qaraldi: 2023-01-28.Ajdaho uyi]]
- ↑ Crow, David. „Why House of the Dragon Was George R.R. Martin's First Choice for a Game of Thrones Prequel“. Den of Geek (2022-yil 21-iyul). 2022-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-oktyabr.
- ↑ Cain, Sian. „I've been struggling with it': George RR Martin on The Winds of Winter“ (en). The Guardian (2018-yil 10-noyabr). 2020-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-aprel.
- ↑ Romano, Nick (March 7, 2022). „Game of Thrones co-creator doesn't anticipate a return for the spin-offs: 'It was time to move on'“. Entertainment Weekly. June 23, 2022da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: October 4, 2022.
- ↑ Andreeva, Nellie „'Game Of Thrones' House Targaryen Prequel From George R.R. Martin & Ryan Condal Nears HBO Pilot Order“ (en-US). Deadline Hollywood (2019-yil 12-sentyabr). 2020-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-sentyabr.
- ↑ Goldberg, Lesli -series-order-1250974 „'Taxtlar o'yini' prequel 'House of the Dragon' HBO seriyasiga buyurtma oldi“ (en-US) (2019-yil 29-oktabr). 30-oktabr, 2019-yilda asl nusxadan -prequel-house-dragon-gets-hbo-series-order-1250974 arxivlangan.
- ↑ „Shows A-Z - House of the Dragon on HBO“. The Futon Critic. Qaraldi: 2024-yil 9-aprel.
- ↑ McLennan, Patrick „Game of Thrones prequel House of the Dragon begins its cast search“. Radio Times. Immediate Media Company (2020-yil 20-iyul). 2020-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-iyul.
- ↑ Andreeva, Nellie „'House Of the Dragon': Paddy Considine To Star As King Viserys Targaryen In HBO's 'Game Of Thrones' Prequel“. Deadline Hollywood. Penske Media Corporation (2020-yil 5-oktyabr). 2020-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.
- ↑ Zilko, Christian. „'House of the Dragon' Star Paddy Considine Turned Down 'Game of Thrones' Role Without Reading Script“. IndieWire (2022-yil 7-avgust). 2022-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-oktyabr.
- ↑ Smith, Corey. „Paddy Considine Was the First Choice to Play King Viserys on House of the Dragon“. Winter is Coming. FanSided (2020-yil 31-oktyabr). 2020-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-oktyabr.
- ↑ Andreeva, Nellie. „'House Of the Dragon': Olivia Cooke, Matt Smith & Emma D'Arcy To Star In HBO's 'Game of Thrones' Prequel“. Deadline Hollywood (2020-yil 11-dekabr). 2022-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-sentyabr.
- ↑ Hibberd, James. „Why Matt Smith Was Reluctant to Take 'House of the Dragon' Role“. The Hollywood Reporter (2022-yil 23-avgust). 2022-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-oktyabr.
- ↑ Andreeva, Nellie „'House Of the Dragon': Rhys Ifans, Steve Toussaint, Eve Best & Sonoya Mizuno Join HBO's 'Game of Thrones' Prequel“. Deadline Hollywood (2021-yil 11-fevral). 2021-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-fevral.
- ↑ Del Rosario, Nellie „'House Of The Dragon': Fabien Frankel Joins Cast Of 'Game Of Thrones' Prequel Series In Major Role“. Deadline Hollywood (2021-yil 15-aprel). 2021-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-aprel.
- ↑ Molina-Whyte, Lidia „Fans think Outlander's Graham McTavish is playing Harrold Westerling as he's spotted on House of the Dragon set“. Radio Times (2021-yil 12-may). 2021-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-may.
- ↑ Petski, Denise. „'House Of The Dragon': Milly Alcock & Emily Carey Join 'Game Of Thrones' Prequel Series“. Deadline Hollywood (2021-yil 6-iyul). 2021-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-oktyabr.
- ↑ Collins, Sean T.. „The Casting Challenge Behind House of the Dragon's 10-Year Time Jump“. Vulture (2022-yil 30-sentyabr). 2022-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-oktyabr.
- ↑ Moreau, Jordan. „'House of the Dragon' Season 2 Casts Alys Rivers and Three More Characters“. Variety (2023-yil 24-aprel). 2023-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-dekabr.
- ↑ Romano, Rick (December 4, 2023). „'Meet the Jon Snow ancestor and main Stark of House of the Dragon“. Entertainment Weekly. January 1, 2024da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: June 7, 2024.
- ↑ 23,0 23,1 Hibberd, James (February 2, 2021). „Game of Thrones composer Ramin Djawadi to score House of the Dragon prequel“. Entertainment Weekly. September 5, 2022da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: September 6, 2022.
- ↑ Brodsky, Rachel. „Music Is Coming: Composer Ramin Djawadi Looks Back On Eight Epic Seasons Of 'Game Of Thrones'“. The Recording Academy (2019-yil 14-aprel). 2022-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-oktyabr.
- ↑ Lindert, Hattie. „How House Of the Dragon composer Ramin Djawadi struck a new chord for the Targaryen age“. The A.V. Club (2022-yil 22-sentyabr). 2022-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-oktyabr.
- ↑ Bowie, Desiree. „"House Of The Dragon" Composer Ramin Djawadi On Rhaenyra's Themes, The "Epic" Season 1 Finale & The Possibility Of A Live Show“. The Recording Academy (2022-yil 23-oktyabr). 2022-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-oktyabr.
- ↑ Shachat, Sarah. „'House of the Dragon': Ramin Djawadi on Reshaping the Music of Westeros“. IndieWire (2022-yil 2-sentyabr). 2022-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-oktyabr.
- ↑ Andoza:Cite interview
- ↑ Cutsforth, Ross. „High Valyrian creator says 'House of the Dragon' writing surpasses GoT's“. The Brag (2022-yil 9-mart). 2022-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-oktyabr.
- ↑ Knight, Lewis. „What is Old Valyria, the Doom and High Valyrian in House of the Dragon?“. Radio Times (2022-yil 22-avgust). 2022-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-oktyabr.
- ↑ Armstrong, Vanessa. „Matt Smith And Emma D'Arcy Say Their House Of The Dragon Characters' Love Language Is High Valyrian“. /Film (2022-yil 8-avgust). 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-oktyabr.
- ↑ Maas, Jennifer „How HBO Kept 'House of the Dragon' Costs Under $20 Million per Episode (EXCLUSIVE)“. Variety (2022-yil 22-aprel). 2022-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
- ↑ Calver, Charlie „Here's how much each 'House of the Dragon' episode cost“. GQ (2022-yil 22-avgust). 2022-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
- ↑ Green Carmichael, Sarah. „Can 'House of the Dragon' Ignite a Big Media Merger?“ (2022-yil 20-avgust). 2022-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
- ↑ D'Alessandro, Anthony „House Of The Dragon: HBO's Largest Marketing Push Ever Valued At 4000M+ Tentpole Proportions“. Deadline Hollywood (2022-yil 19-avgust). 2022-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-avgust.
- ↑ Rice, Lynette „HBO's 'House Of The Dragon' Set for Debut This August“. Deadline Hollywood (2022-yil 30-mart). 2022-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-mart.
- ↑ Lynch, Kevin „Dolby Atmos makes House of the Dragon a first for HBO Max“ (en). TechRadar (2022-yil 22-avgust). 2022-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
- ↑ Strange, Adario „HBO is fighting Amazon's "Rings of Power" with a free episode of "House of the Dragon" on YouTube“. Quartz (2022-yil 2-sentyabr). 2022-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-sentyabr.
- ↑ Rice, Lynette. „'House Of The Dragon' Finale Leaks Online“. Deadline Hollywood (2022-yil 21-oktyabr). 2022-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-oktyabr.
- ↑ Hailu, Selome. „'House of the Dragon' Season Finale Leaks, HBO 'Disappointed' and 'Aggressively Monitoring'“. Variety (2022-yil 21-oktyabr). 2022-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-oktyabr.
- ↑ Roots, Kimberly „House of the Dragon Season 2 'Dueling' Trailers: In the Dance of the Dragons, It's Time to Choose Sides — Plus: Get Exact Premiere Date“. TVLine (2024-yil 21-mart). Qaraldi: 2024-yil 21-mart.
- ↑ Plant, Logan. „House of the Dragon Season 1 Blu-Ray Release Date and Special Features Revealed“. IGN (2022-yil 25-oktyabr). 2022-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-oktyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ajdaho uyi IMDbda
- House of the Dragon Twitter sahifasi