Kontent qismiga oʻtish

Aizumisato (Fukushima)

Koordinatalari: 37°27′53.7199″N 139°50′3.0599″E / 37.464922194°N 139.834183306°E / 37.464922194; 139.834183306
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Aizumisatodan yoʻnaltirildi)
Aizumisato

会津美里町
Shaharcha
Skyline of Aizumisato
Aizumisato
Bayroq
Aizumisato
Gerb
37°27′53.7199″N 139°50′3.0599″E / 37.464922194°N 139.834183306°E / 37.464922194; 139.834183306
Mamlakat Yaponiya
Viloyat Tōhoku
{{{tuman_turi}}} Ōnuma tumani
Prefektura Fukushima prefekturasi
Maydon 276.33 km2 (106.69 kv mi)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2020-yil 1-mart)
20 092
Zichligi 73 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0242-55-1122 
Aizumisato xaritada
Aizumisato
Aizumisato
Aizumisato shaharchasining hokimiyat binosi
Markaziy Aizumisato shaharchasi

Aizumisato (yaponcha: 会津美里町 Aizumisato-machi?)Yaponiyaning Fukushima prefekturasida joylashgan shaharchadir. 1-mart, 2020-yil holatiga koʻra, shaharchada 7306 ta xonadonda 20092 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi har kilometr kvadratga 73 kishidan toʻgʻri keladi. Shaharchaning umumiy maydoni 276,33 kvadrat kilometrni (106,69 mi²) tashkil etadi[1].

Aizumisato Aizu mintaqasining sharqiy qismida, gʻarbiy-markaziy Fukushima prefekturasida, Aizu havzasining janubi-gʻarbiy chekkasida joylashgan.

  • Togʻlar: Hakase togʻi, Myojindake togʻi (1074 m)
  • Daryolar: Aka daryosi
  • Koʻllar: Miyagava toʻgʻoni

Qoʻshni munitsipalitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fukushima prefekturasi

Aizumisato nam kontinental iqlimga ega, yozi issiq va qishi qattiq qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Aizumisatoda oʻrtacha yillik harorat 13,1 °C ga teng. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1320 mm, sentyabr oyi esa eng nam oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 24,8 °C atrofida, eng pasti esa yanvarda, −1,4 °C atrofida boʻladi[2].

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Aizumisato aholisi soʻnggi 40 yil ichida barqaror ravishda kamaydi.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
195038,522—    
196036,073−6.4%
197030,036−16.7%
198027,945−7.0%
199027,211−2.6%
200027,172−0.1%
201022,727−16.4%

Hozirgi Aizumisato hududi qadimgi Mutsu provinsiyasining bir qismi boʻlgan va Edo davrida Aizu domenining bir qismini tashkil qilgan. Meydzi restavratsiyasidan soʻng, u Fukushima prefekturasidagi Ōnuma tumanining bir qismi sifatida tashkil etilgan. Aizumisato shaharchasi 2005-yil 1-oktyabrda ikkita Aizutakada va Aizuhongo shaharchalari va Ōnuma tumanidagi Niitsuru qishlogʻining birlashishi natijasida yaratilgan.

Aizumisato iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslanadi.

Taʼlim tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aizumisatoda shaharcha hokimiyati tomonidan boshqariladigan beshta davlat boshlangʻich maktabi va uchta davlat oʻrta maktabi mavjud. Shaharchada Fukushima prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi mavjud.

  • Fukushima prefekturasi Aizumisato oʻrta maktabi

Temir yoʻllar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya Sharqiy temir yoʻl kompaniyasi — Tadami liniyasi

  • Aizu-Takada — Negishi

Magistral yoʻllar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ban-etsu magistrali — Niitsuru PA
  • 401-milliy yoʻnalish

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro munosabatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayzumisato Fukushima prefekturasidagi Naraha shaharchasi bilan qardosh shaharchalar munosabatlariga ega. Bu Niitsuru birlashishdan oldin Naraha bilan boʻlgan munosabatlarining yangilanishi edi.

  1. Aizumisato official town statistics(yaponcha)
  2. Aizumisato climate data
  3. Aizumisato population statistics
  4. „向羽黒山城跡“ (ja). Cultural Heritage Online. Agency for Cultural Affairs. Qaraldi: 2018-yil 23-oktyabr.