Ahror Muzaffarov
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Ahror Muzaffarovich Muzaffarov (1909.1.9, Chimkent shahri - 1987.22.5, Toshkent) — biolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1960), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1969), biol. fanlari doktori (1952), professor (1955). Toshkent bilim yurtini tugatgan (1929). Fargʻona pedagogika instituti dotsenti (1944-yildan), Margʻilon oʻqituvchilar instituti direktorining oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (1945-yildan), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika va zoologiya institutida katta ilmiy xodim (1946—48), ixtiologiya va gidrobiologiya boʻlimi boshligi (1949—50), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti sporali oʻsimliklar laboratoriya mudiri (1950—56), direktori (1956—60). Toshkent Davlat Universiteti biol. va tuproqshu-noslik fakulteti tuban oʻsimliklar kafedrasi mudiri (1955—62), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzosi va biol. boʻlimi boshligʻi (1960—70), Fanlar akademiyasi mikrobiologiya boʻlimi boshligʻi (1970— 77), 1985-yildan Fanlar akademiyasi Prezidiumi biol. fanlari boʻlimining akademik kotibi. M. Oʻrta Osiyo togʻlaridagi suv havzalarining suvoʻtlar florasini, birinchi marta suvoʻtlarning tarqalish qo-nuniyatlarini oʻrgandi. Suvoʻtlarni sunʼiy yoʻl bilan koʻpaytirib, ulardan xalq xoʻjaligining turli tarmoqlarida foydalanish mumkinligini isbotlab berdi. Shogirdlari bilan suv oʻsimliklaridan ifloslangan suvlarni biologik usulda tozalash, atmosfera azotini toʻplovchi koʻk-yashil suvoʻtlardan paxtachilik, gʻallachilik va sholikorliqda foydalanish yoʻllarini ishlab chiqdi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1979).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Flora vodorosley gornix vodoyomov Sredney Azii, T., 1958; Flora vodoyomov Sredney Azii, T., 1965; Xlorella, T., 1974 (hamkorlikda).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |