Kontent qismiga oʻtish

Ahmet Arvasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahmet Arvasi
Tavalludi 1932-yi 15-fevral
Ağrı viloyati Doğubeyazıt tumani
Vafoti 1988-yil 31-dekabr
Istanbul
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Yozuvchi, faylasuf

Ahmet Arvasi (talaffuzi: Ahmet Arvasi) — 1932-yil 15-fevralda tugʻilgan[1]. Avval Seyyid Ahmet Arvasi nomi bilan tanilgan, asli kurdlashgan arab yozuvchisi va faylasufi boʻlgan.[2][3] U „Turk-Islom sintezi doktrinasi“ mafkurasi va uning Turkiyaga taʼsirini yoritganicuchun mashhur boʻlgan. U Turkiyaning Agʻri viloyati Doʻgʻbeyazit tumanida tugʻilgan. Uning oilasi Van viloyatidan. Uning otasi Seyyid Abdulhakim Arvasiy (1865 – 1943-yillarda yashab oʻtgan) soʻnggi Usmonli va Turkiyaning ilk jumhuriyati davrida sunniy islom olimi boʻlgan.

Ahmet Arvasi Erzurum oʻqituvchilar kollejini tamomlagan va bir muddat boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 1958-yilda Gʻozi nomidagi taʼlim muassasasining pedagogika boʻlimini tamomlagan. Baliqesir, Bursa va Istanbuldagi taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib ishlagan, soʻngra 1979-yilda nafaqaga chiqqan. Xuddi shu yili Millatchi Harakat partiyasi (turkcha: Milliyetçi Hareket Partisi) Bosh boshqaruv kengashi aʼzosi etib saylangan.1980-yil 12-sentyabr Turkiyadagi davlat toʻntarishiga qadar oʻz vakolatlarini bajargan. Davlat toʻntarishidan soʻng Millatchi Harakat Partiyasiga qarshi til biriktirganlikda ayblanib hibsga olingan va sudlangan.

Ahmet Arvasi bir necha kunlik ruknlar, maqolalar va kitoblar nashr etgan. Shuningdek, u bir necha konferensiya va seminarlarda koʻplab maʼruza soʻzlagan. Oʻlimidan oldin u „Turkiya“ gazetasining sharhlovchisi sifatida ishlagan. U 1988-yil 31-dekabrda Turkiya uchun kundalik ruknini yozayotganda yozuv mashinkasi oldida vafot etgan[4].

Adabiy meroslari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Turk-Islom Ülküsü (Turk-Islom idealizmi) (3 jild)
  • Kendini Arayan İnsan (Oʻzini izlayotgan inson)
  • Inson ve İnsan Ötesi (Inson va insondan tashqari)
  • Diyalektiğimiz va Estetiğimiz (Bizning Dialektikamiz va Estetikamiz)
  • Shiirlerim (Mening sheʼrlarim)
  • Eğitim Sosyolojisi (Taʼlim sotsiologiyasi)
  • Doğu Anadolu Gerçeği (Janubiy Sharqiy haqiqat)
  • Ileri Turk Milliyetçiliğinin İlkeleri (ilgʻor turk millatchiligi tamoyillari)
  • Hasbihal (Causeries) (6 jild)
  • Insonning yolgʻizligi
  1. „'Kendini Arayan İnsan: Seyyid Ahmet Arvasi'“.
  2. Uzer, Umut (2013). "The Kurdish Identity of Turkish Nationalist Thinkers: Ziya Gökalp and Ahmet Arvasi between Turkish Identity and Kurdish Ethnicity". Turkish Studies 14 (2): 394–409. doi:10.1080/14683849.2013.802900. 
  3. Habertürk „SEYYİD AHMET ARVASİ ÖLÜMÜNÜN 27. YILINDA ANILDI - Samsun Haberleri“ (tr). Habertürk. Qaraldi: 2024-yil 7-aprel.[sayt ishlamaydi]
  4. Biyografi Net, http://www.biyografi.net/kisiayrinti.asp?kisiid=597