Ahmadali Asqarov
Ahmadali Asqarov | |
---|---|
Tavalludi |
25-sentyabr 1935-yil Namangan viloyati, Norin tumani |
Fuqaroligi |
O‘zbekiston SSR Oʻzbekiston |
Sohasi | arxeolog va tarixchi olim |
Mukofotlari |
Ahmadali Asqarov (1935.25.9, Namangan viloyati Norin tumani Uchtepa qishlogʻi) — arxeolog-tarixchi olim. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1987), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1995), tarix fanlari doktori (1978), professor (1990). Toshkent davlat pedagogika institutini tugatgan (1957), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti direktori (1970-80; 1983-87), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix institutining direktori (1991-95), Akademiyaning tarix, tilshunoslik va adabiyotshunoslik boʻlimining akademik-kotibi (1987-92), raisi (1994-98). Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputati (1990-95).
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ahmadali Asqarov Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985). 1992-yili „Mustaqillik“ esdalik nishoni bilan taqdirlangan. 1993-yilda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining 60 yillik nishonini olgan. 1995-yilda T.N.Qori-Niyoziy nomidagi medal bilan taqdirlangan va „Oʻzbekistonda hizmat koʻrsatgan fan arbobi“ faxriy unvonini olgan[1]. 2023-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi mukofoti bilan taqdirlangan[2][3][4].
Ilmiy faoliyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosiy ilmiy ishlari Oʻrta Osiyoda saqlanib qolgan moddiy-madaniyat yodgorliklarini ochish va ularda arxeologik tadqiqotlar oʻtkazish yoʻli bilan Oʻzbekiston tarixini oʻrganishga bagʻishlangan. A.Asqarov bronza va ilk temir davri qadimgi dehqonchilik va chorvachilik madaniyatlari, Oʻzbekiston hududida ilk shaharsozlik madaniyati va oʻzbek xalqi davlatchiligining ilk bosqichlari, oʻzbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi kabi masalalar olimning ilmiy yoʻnalishi hisoblanadi. A.Asqarov birinchi oʻzbek arxeologi akademik Y.Gʻ.Gʻulomov arxeologik ilmiy maktabining izchil davomchisi. U „Bronza davrida quyi Zarafshon madaniyati“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, „Janubiy Oʻzbekiston bronza davrida (Qadimgi Sharq tamaddudining mahalliy oʻchogʻining tashkil topishiga doir)“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[1]. A.Asqarov - 450 dan ziyod ilmiy ishlar, shularning 50 dan ortig‘i chet tillarida, 16 monografiya, 1 ta darslik, 8 ta o‘quv-metodik qo‘llanma muallifi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Prof. R.H.Murtazayeva. O'zbekiston tarixchilari I jild (Bibliografik ma'lumotnoma), Toshkent 2012.
- ↑ „Президент фан, таълим, соғлиқни сақлаш, адабиёт, маданият, санъат соҳалари ва ОАВ ходимларини мукофотлади“. xabar.uz. Qaraldi: 26-avgust 2023-yil.
- ↑ „Prezident fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va OAV xodimlarini mukofotladi“. oyina.uz. Qaraldi: 26-avgust 2023-yil.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida“. uza.uz. Qaraldi: 26-avgust 2023-yil.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- 25-sentyabrda tugʻilganlar
- 1935-yilda tugʻilganlar
- Namangan viloyatida tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiylari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari
- Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari
- Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureatlari
- Oʻzbek tarixchilari
- Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari
- Olimlar haqidagi chala maqolalar