Ahmad Mujallid
Qiyofa
Ahmad Mujallid (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olingan. Alisher Navoiy uning shoʻx tabʼ, ammo behayo kishi ekanligini aytib, oʻz davrida u sheʼr yoki muammo bilan hajv qilmagan odam deyarli qolmaganligini yozadi. “Majolis un-nafois”da uning “Jurda” ismiga hajv tariqasida bitgan muammosi keltirilgan. Qabri Hirot shahrida[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |