Kontent qismiga oʻtish

Ahmad Ibrohimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ahmad Pochchayevich Ibrohimov (1928-yil 12-dekabr, Turkiston) — biokimyogar, genetik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), biologiya fanlari doktori (1966), professor (1969). Toshkent farmatsevtika institutini tugatgan (1950). Samarkand qishloq xoʻjaligi instituti organik va biol. kimyo kafedrasida dotsent, kafedra mudiri (1954—1957). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1967—1971), nuklein kislotalar laboratoriya mudiri (1967—1976), 1996-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti (1997-yildan Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti)da gʻoʻza molekulyar genetikasi laboratoriya mudiri. Ilmiy ishlari gʻoʻza turlari va navlarida oqsil va nuklein kislotalar biosintezining molekulyargenetik xususiyatlari, gʻoʻzaning vertitsillyoz viltga chidamliligini oshirishning nazariy masalalariga bagʻishlangan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Molekulyarnogeneticheskiye osobennosti ustoychivosti xlopchatnika k viltu. T., 1978; Biosintez belkov i nukleinovix kislot xlopchatnika v ontogeneze, T., 1986.