Ahmad Harb
Ahmad Harb (848-yilda vafot etgan) – “Nasoyim ul-muhabbat”da zikr etilgan tasavvuf shayxi. Asli Marvdan boʻlib, Nishopur shahrida yashagan muhaddis, faqih va tariqat peshvosi. Farididdin Attor uni “Xuroson piri” nomi bilan zikr etadi. Dastlabki taʼlimni Marvda olib, balogʻat yoshiga yetgach, akasi Husayn bilan haj ziyoratiga boradi. Haj safari davomida koʻp muhaddis va faqih bilan uchrashib, jumladan, Sufyon bin Uyayna, Abdulvahob bin Atodan hadis ilmini oʻrganadi. Ahmad Harb ruhiy tarbiyada zikrga katta eʼtibor qaratgan. Muhammad Zahabiy “Al-hikmat”, “Ad-duo”, “Az-zuhd” kabi kitoblarni unga nisbat bergan. Yahyo bin Maʼoz Ahmad Harbga alohida ixlos koʻrsatib, oyogʻi ostiga dafn qilishlarini vasiyat qilgan. Alisher Navoiy Ahmad Harb haqidagi faslni “Nasoyim ul-muhabbat”ga Attorning “Tazkirat ul-avliyo”si asosida yozib kiritgan[1].
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ “Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat”.