Kontent qismiga oʻtish

Ahmad Badaviy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sayyid Ahmad ibn Ali Badaviy (1200-yil Marokash 1276-yil Misr) – Badaviya tariqati asoschisi[1].

Ahmad Badaviy doim yuziga niqob taqib yurgani uchun uni Badaviy deb atashgan. Ahmad Badaviy yoshligida oilasi bilan Makkaga koʻchib ketgan. Bir muddat Makkada yashagach Misrga koʻchib kelgan [2]. Uning hayotida oʻzgarishlar boʻlgan koʻrgan tushlari asosida Iroqga Abduqodir Gʻiloniy Ahmad ar-Rifoiy qabrini ziyorat qilgani borgan. Keyin Misrning Tanta shahriga kelib joylashgan, shu bois uni Tantoviy deb ham atashgan. Ahmad Badaviy fiqhda Shofiʼiy mazhabida boʻlgan. Ahmad Badaviy Shamariddin Hasan Magʻribiyga murid tushgan. Ahmad Badaviy 40 yil Tantada yashaydi va shu erda vafot etgan.

„Avrod“, „Salotlar“, „Vasoya“ kabi asarlar yozgan.

  1. Turar, Usmon. Tasavvuf tarixi. Toshkent: Istiqlol, 1999 — 190-bet. ISBN BBK 86.38. 
  2. Usmonov, Ibrohim. Tasavvufga kirish. Toshkent: Yosh kuch, 2019 — 396-bet. ISBN 978-9943-5738-9-5. 

==