Kontent qismiga oʻtish

Aguda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aguda (1068-1123) — Xitoydagi Szin davlatining asoschisi va birinchi imperatori (1115-23). 1113-yilda kidanlarga oʻlpon toʻlovchi Vanyanlarning chjurchjen urugʻiga boshchilik qildi. 1114-yilda kidanlarga qarshi urushib ularning qal’alarini egalladi. 1115-yilda oʻzini imperator deb eʼlon qildi va sulola nomini Szin („Oltin“) deb atadi. 1116-yilda Manchjuriyani butunlay bosib oldi, 1123-yilda esa Shimoliy Xitoydagi kidanlarning Lyao saltanatini ham boʻysundirdi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil