Agregat
Qiyofa
Agregat (lotincha, aggrego — birlashtiraman, ulayman) — 1) texnikada mashina yoki mashinalar majmuining bir xillashtirilgan, yiriklashtirilgan uzeli; alohida vazifalarni mustaqil bajaradi, oʻzaro almashinuvchan boʻladi, masalan, ichki yonuv dvigatellari, avtomobillarning oldingi va ketingi koʻpriklari, elektr dvigatellar, nasoslar va boshqa Baʼzan 2 va undan ortiq mashinalar majmui ham agregat deb ataladi (qarang Agregatlash); 2)petrografiya va mineralogiyada — togʻ jinslari tarkibidagi minerallar yigʻindisi. Donachalarining shakli va tarkibi boʻyicha xillarga hamda sementlangan, yumshoq, gʻovak, zich, sertuproq xillarga boʻlinadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |