Kontent qismiga oʻtish

Aggstein qal’asi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aggstein qasri
Aggstein qal’asi

Aggstein qal’asi (nemischa: Burgruine Aggstein ) Avstriyaning Vachau shahridagi Dunayning oʻng qirgʻogʻidagi joylashgan qal’a. Qal’a XII asrga tegishli. Aggstein qal’asi dengiz sathidan 480 metr yuqorida joylashgan[1].

Qal’a xarobalari taxminan Dunayning oʻng qirgʻogʻidan 300 metr yuqorida sharqdan gʻarbga choʻzilgan tepalikda joylashgan. Xarobalar Quyi Avstriyaning Melk tumanidagi Schönbühel-Aggsbax munitsipaliteti hududida joylashgan.

Aggstein qal’asi

Qal’a, ehtimol, XII asrning boshlarida Akchispach (Aggsbach) Manegold III tomonidan qurilgan. 1181-yilda u Aggsbach-Gansbachning Kuenring oilasi mulkiga oʻtdi. Bino 1230-31-yillarda Avstriya gersogi Fridrix II ga qarshi Hadmar III va uning vassallari boshchiligidagi qoʻzgʻolon paytida qamal qilingan va bosib olingan. Leytold Kuenring gersog Albertga qarshi qoʻzgʻolonda Avstriya zodagonlaridan ustun keldi: keyinchalik 1295-96-yillarda qal’a qamalga olindi va bosib olindi. Soʻnggi Kuenring Leopold II qal’ani 1348-yildan 1355-yilgacha boshqargan. Shundan keyin u yaroqsiz holga keldi[2].

1429-yilda gersog Albert V qal’ani i Yorg (Georg) Shek fon Valdga topshirdi. Albrext unga Dunay boʻylab kemalarning oʻtishini taʼminlash uchun vayron boʻlgan qal’ani qayta qurish buyrugʻini berdi. 1438-yilda Shek fon Vald daryo boʻylab harakatlanadigan kemalar uchun toʻlov huquqini oldi. Buning evaziga u barjalarni oqimga olib boradigan yoʻllarni himoya qilib turishi kerak edi. Bundan tashqari, u daryo boʻyida hozirda oʻrmon xoʻjaligi uyi sifatida xizmat qiladigan uy qurdi. Vaqt oʻtishi bilan u qaroqchi baronga aylandi, Dunay boʻylab kemalarga hujum qildi. Shuning uchun uning taxallusi „Shreckenwald“ (oʻz familiyasidagi soʻz oʻyinlari, Scheck von Vald, „dahshat oʻrmoni“ degan maʼnoni anglatadi) deyilgan. Aytilishicha, unga bu nom aholiga nisbatan shafqatsizligi sababli berilgan. 1463-yilda qal’a yana bir qaroqchi baron Georg fon Stain tomonidan qamal qilindi. U Shek fon Valdni magʻlub etdi va qal’ani garov sifatida oldi, chunki Gersog undan qarzdor edi. Fon Stain qal’ani 1476-yildan 1477-yilgacha boshqargan. Soʻng Ulrix Freyxer fon Gravenek tomonidan haydab chiqarildi, oradagi kurashda Ulrix Freyxer uni taslim qilishga erishdiManba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name.

1477-yilda gersog Leopold III qal’ani egallab oldi va reydlarni toʻxtatish uchun uni ijarachilar va vasiylar bilan boʻlishdi. 1529-yilda Venaga birinchi turklar hujumi vaqtida qal’a ular tomonidan vayron qilingan. U keyinchalik yana qayta qurildi va artilleriya qismlari uchun ambrazuralar bilan jihozlandiManba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name.

1606-yilda qal’ani soʻnggi ijarachining bevasi Anna Freiin von Polheim und Parz sotib oldi. Uning oʻlimidan keyin qal’a eʼtibordan chetda qoldi. 1685-yilda u Schloss Schönbühel bilan birga graf Ernst Rüdiger fon Starhembergga topshirildi. Lyudvig Yozef Gregor fon Starhemberg mulkni 1819-yilda graf Frans fon Beroldingenga sotgan. U 1930-yilgacha, yaʼni, Schönbühel mulki Aggshteyn qal’asi xarobalari bilan birga graf Osvald fon Seilern Aspangga sotilgunga qadar fon Beroldingenning tasarrufida qoldiManba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name.

Aytishlaricha, Hadmar III qal’ani bosib olib boʻlmaydi deb hisoblagan. Aslida uning qal’aga toʻgʻridan-toʻgʻri kuch bilan bostirib kirganligi haqida hech qanday dalil yoʻq. Faqat boshqa chora-tadbirlar, masalan, qamalda qolgan odamlarning ochlikda qolishi qal’aning zabt etilishiga olib keldiManba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name.

Bugungi kunda Aggstein xarobalari har yili 55 000 ga yaqin sayyohlarni qabul qiladi, bu uni Quyi Avstriyaning eng mashhur sayyohlik joylaridan biriga aylantirganManba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name.

Qurilish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

XII asrning boshlarida, Kuenrings davrida, qal’a kamida ikki marta qamal qilingan va vayron qilingan. Gʻarbiy choʻqqidagi Burgel (kichik qal’a) deb ataladigan poydevorning va sharqiy tarafdagi qoya usti Shtayndagi poydevorning qoldiq qismlari shu vaqtdan kelib chiqqan.

1429-yilda Jörg Scheck von Vald uni buzib tashlab qaytadan qurdi. Binobarin, 1429-yildan 1436-yilgacha mahalliy xalq qal’ani qayta qurish va kengaytirish uchun ishladi. Bizgacha saqlanib qolgan elementlarning aksariyati, masalan, uch qavatli ayollar minorasi, saroy va gotika ibodatxonasining qoldiqlari XV asr namunalari hisoblanadi. Mashhur atirgul bogʻi ham shu vaqtda qurilgan.

Usmonlilar qal’ani yoqib yuborgandan soʻng, qal’a artilleriya uchun ambrazuralar bilan jihozlangan qal’a sifatida qayta ishlangan.

1606-yildan boshlab Anna Freiin von Polheim und Parz boshchiligida qal’a taʼmirlandi va markaz qismida Uygʻonish davri uslubidagi minbar oʻrnatildi. Uning oʻlimidan soʻng, uning qurilishini hech kim boʻyniga olmadi, tosh va yogʻochlar olib ketildi va yaqinida Servite ordeni monastirini qurish uchun foydalanildi.

Beroldigers davrida xarobalarni saqlab qolish boʻyicha birinchi xavfsizlik choralari oʻtkazildi. Bu ishlar Osvald fon Selern davrida yakunlandi.

2003-yildan 2004-yilgacha Aggstein qal’asini tiklash loyihasi Quyi Avstriya federal rayoni, Yevropa qishloq xoʻjaligini yoʻnaltirish va kafolat jamgʻarmasi (EAGGF) tomonidan jami 49,630,00 yevro miqdoridagi mablagʻ bilan tashkil etilgan. Loyiha qal’aning nuqsonli qismlarini tuzatishga muvaffaq boʻldi. Kanalizatsiya, suv taʼminoti va kommunal tarmoqlarni ishga tushirish; kirish joyini oʻzgartirish va yangi ziyofat zalini yaratish ishlari amalga oshirildi.

Hadmar va temir zanjir

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hadmar III fon Kuenring Dunay boʻylab choʻzilgan temir zanjir bilan daryo boʻylab harakatlanayotgan kemalarni qoʻlga olgani daʼvo qilinadi. Bu qal’aga bostirib kirishga qaror qilgan Dyuk Fridrix uchun juda ogʻir kurash boʻlgan. Ammo qal’a har qanday toʻgʻridan-toʻgʻri hujumga qarshi tura olishi maʼlum edi, shuning uchun Fridrix yanada ayyorroq usullarga murojaat qildi.

Venalik Ryudiger ismli savdogar bor edi, Hadmar unga koʻp marta hujum qilgan. Fridrix Ryudigerni Regensburgga joʻnatdi va u yerda mustahkam kema qurdirdi. Yuqorida qimmatbaho yuklar ortilgan, pastda esa ogʻir qurollangan askarlar bilan kema Dunay boʻylab qaytib ketdi. U Schönbüheldan oʻtib ketayotib, Aggshteynga yaqinlashganda, u boy odamga oʻxshab koʻrindi, uni Hadmarning odamlari kutib olishdi va hibsga olishdi. Qimmatbaho boyliklar Hadmarning oʻzini kemaga tortgan edi. U kemaga o‘tirar ekan, pastki qavatdan askarlar chiqib uni qoʻlga oldi. Shu payt kema gersog kutayotgan Vena tomon yo‘l oldi. Yoʻlboshchisiz qal’a darhol egallab olindi. Gersog Hadmarga barcha oʻgʻirlangan narsalarni qaytarib berish va yetkazilgan zararlarni toʻlash sharti bilan uning hayoti va erkinligini qaytarib berdi.

Bir necha yil oʻtgach, u Yuqori Dunaydagi kichik bir qishloqda Passauga ziyorat chogʻida vafot etgan.

Jörg Scheck von Vald va Atirgul bog'i

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana bir afsonada shafqatsiz Jörg Scheck von Vald oʻzining eng ashaddiy mahbuslarini kichkina ochiq maydonchada qamab qoʻygani haqida hikoya qilinadi. U maydonni oʻzining atirgul bogʻi deb atagan va bu yerda asirlari ochlikdan oʻlishlari mumkin edi. Uning qurbonlaridan biri maydondagi daraxt tepasiga chiqib, narigi tomonga sakragan va sakrashdan omon qolgan. Xoʻjayini Dyuk Albertni sodir etilgan jinoyatlar haqida ogohlantirgan va u oʻz qoʻshinlarini yashirin yoʻl bilan qal’aga olib kirgan[3].

Avstriyaning landshaftlarini aks ettiruvchi pochta markalari seriyasining bir qismi sifatida 1973-yil 30-noyabrda Avstriya pochta xizmati qal’a tasviri tushirilgan markani chiqardi.

  1. „Aggstein, Schönbühel-Aggsbach, Melk, Österreich on the Elevation Map. Topographic Map of Aggstein, Schönbühel-Aggsbach, Melk, Österreich.“. elevationmap.net. 2023-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  2. „Aggstein“ (de). Deutsche Burgenvereinigung e.V.. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
  3. „Aggstein“ (de). Deutsche Burgenvereinigung e.V.. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.„Aggstein“ (in German). Deutsche Burgenvereinigung e.V. Retrieved 24 December 2019.