Afzalxon Xattak
Qiyofa
Afzalxon Xattak (1687—1748) – afgʻon tarixchisi va shoiri. Xattaklar avlodidan. Pushtu tilida ijod etgan. Xushholxon Xattakning nabirasi. Otasi Ashrafxon Hijriy vafotidan keyin xattaklar xonligiga boshliq qilib tay-inlangan. Oʻzining „Tarixi murassaʼ“ („Javohirdek moʻ’tabar tarix“) asarida xattaklar qabilasi tarixini yoritgan. Unda afgʻon qabilalariga oid koʻpgina maʼlumotlar bor. Uning she’rlari yetib kelmagan. Afzalxon Xattak „Kalila va Dimna“ni pushtu tiliga tarjima kalgan va unga oʻzining baʼzi baytlarini kiritgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |