Afrin daryosi
Afrin daryosi (arabcha: نهر عفرين Nahr ʻIfrīn; kurdcha: Çemê Efrînê; shimoliy Suriya tili: Nahər ʻAfrīn; turkcha: Afrin Çayı) Turkiya va Suriyadagi Osi daryosining irmogʻi. Turkiyaning Gaziantep viloyatidagi Kartal togʻlaridan boshlanib, Suriyaning Afrin shahri orqali janubga tomon oqib, soʻngra Turkiyaga qaytib kiradi. Daryo sobiq Amik koʻli oʻrnidagi Qorasuvga qoʻshiladi va suvlari kanal orqali Osigacha oqib boradi [1].
Daryoning umumiy uzunligi 131 kilometr (81 mi) tashkil etadi. Shundan 54 kilometr (34 mi) Suriya hududidan oqib oʻtadi. Daryo suvining chorak qismi Suriya hissasiga toʻgʻri keladi. Aniqroq aytganda, daryo yillik oqimining qariyb 250 million m3 (8.8 billion cu ft) qsimi Turkiyaning Hatay viloyatidan, taxminan 60 million m3 (2.1 billion cu ft) qismi esa Suriyadan keladi. Daryo Afrin shahrining shimolida Afrin toʻgʻoni bilan toʻsilgan [2].
Afrin Ossuriya davrida Apre[3], Salavkiylar davrida Oinoparas, Rim davrida Ufrenus nomi bilan atalgan. Abulfido daryo nomini Nahr Ifrin deb zikr qilgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Antakya Chamber of Commerce: Geographical location (Wayback Machine saytida 2010-10-08 sanasida arxivlangan)
- ↑ „7: Orontes River Basin“ (PDF), Inventory of Shared Water Resources in Western Asia, Beirut: UN-ESCWA and BGR (United Nations Economic and Social Commission for Western Asia; Bundesanstalt für Geowissenschaften und Rohstoffe), 2013, qaraldi: 2017-03-22
- ↑ Google Books: Apre Afrin river. Accessed on 30 July 2016
- ↑ Guy Le Strange, Palestine Under the Moslems: A Description of Syria and the Holy Land from A. D. 650 To 1500 (1890), p. 60.