Afg‘on madrasasi
Afg‘on madrasasi | |
---|---|
Joylashuv | Buxoro |
Turi | madrasa |
Xarita |
Afg‘on madrasasi Nadr Vays (Kuyovxoja ham deyiladi) guzarida, hujralari soni 16 hujrali bo‘lgan. Amir Haydar zamonida Eshon Afg‘on ismli alloma o‘tgan. Ehtimol, u kishi ushbu madrasa sohibi bo‘lgandir.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yillik vaqf mablag‘i 15 ming tangadan iborat bo‘lgan. Ushbu madrasada ham sho‘rolar inqilobiga qadar dars o‘tilgan. Undagi o‘quv jarayoniga oid baʼzi hujjatlar mavjud. Ularning uchtasi qozikalon Mir Badriddinning mudarris tayinlash masalasida oliy hukmdorga murojaat qilib yozgan arznomasidir. Ulardan ayrimlarining tarjimasini quydagicha bo‘lgan: „Afg‘on madrasasi imomi va mudarrisi mulla Ahmad Azizon masjidi hujralarida dars beruvchi mulla Sayyid Kamolning bo‘sh qolgan o‘rniga o‘tish uchun sizning oliy marhamatingiz va mehribonligingizdan umidvor bo‘lib duo qiladi. Maoshi 20 tilla. Eshoni Pir guzari masjidi hujralarida dars beruvchi mudarris mulla Abdurahim kambag‘aldir. Afg‘on madrasasida mazkur mulla Ahmadning bo‘sh qolgan o‘rniga o‘tish uchun oliy marhamatingiz va mehribonligingizdan umidvor bo‘lib janobi olini benihoya duo qilgay. Maoshi 10 tilla“.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 198.