Aerokosmik strukturalar
Aerokosmik strukturalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yer yuzasining birinchi fotosuratlari havo sxaridan turib Fransiyada 1855-yilda olingan. Ushbi uslubdan ular Parij shahrining rejasini tuzishda foydalanishgan. Keyinchalik fransuz geologi Eme Sivial baland choʻqqidan turib Alp togʻlarining fotosuratni olgan va bu fotosuratda geologik chegaralarni tushirgan, yani birinchi marotaba geologik maqsadlarda yerni rasmga tushirgan. Ushbu usuldan hozirda koʻplab sanoat sohalarida foydalanish mumkin. Bularga misol tariqasida harbiy aviatsiya, xoʻjalik turlarini olishimiz mumkin. Fotosuratlar, televizion tasvirlar, magnit tasmalarda raqamli yozuvlar va boshqa kabi qayd etilagan yuqori balandlikdan olingan maʼlumotlar masofaviy zondlash materiallari (MZM) deyiladi. Aerofotosuratlash (AFS) — aeronegativlari va aerosuratlari hamda boshqa yordamchi materillar olinuvchi tasmali suratlash, fotografik va fotogrammetrik ishlar majmuasidan iborat. AFS 3 ga boʻlinadi:
- Yakka;
- Marshrutli;
- Maydonli.
- Yakka AFS — bitta yoki bir qancha aerofotosuratlarga tushirilgan va keyinchalik stereoskopik ishlar rejalashtirilmagan tabiatning muayyan obyekti yoki hodisasini suratga olishda foydalaniladi.
Marshrutli AFS — suratga olish maʼlum bir yoʻnalish boʻyichha oʻtkaziladi. Marshrut boʻyicha bir-birini 60 % qoplaydi. Suratlar uzluksiz ketma-ket qtor hosil qiladi.
- Maydonli AFS — maydonni bitta marshrut boʻyicha suratga olishdan yirik boʻlgan maydonlarni organishda qoʻllanadi.
Geologik vazifalari:
- Istiqbolli AFS — optik oʻI nomlariga nisbattan odatta 30 — 60° qiyalangan AFS yordamida bajariladi.
Rejali AFS — samolyotdan rasmga olish vaqtida optik oʻqi tik oʻrnatilgan AFS yordamida bajariladi. Aerofotosuratlashning tabiiy sharoitdagi taʼsirlari:
- Namlik;
- Yoritish;
- Aerofotosuratlash faslini tanlash;
- Sutka vaqtni tanlash.
Aerokosmofotosuratlar geologik sturkturalar va togʻ jinslarini talqin qilish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Burmali va uzmali sturkturalarni talqin qilish. Burmali sturkturalarni talqin qilishda sifat va tafsilitlari rayonida tub jinslarini ochilgan ochilgan va moddiy darajasini oʻrni, bir qatlamli jins tayanchgorizontallarining oʻrni ahamiyatga ega. Gorizontal yotuvchi qatlamlar. Burmalangan otqiziqlarni talqin qilish stereoskop va topografik xaritalardan birgalikda foydalanish orqali amalga oshiriladi. Qiya yotuvchi qatlamlar va burmali shakllar. Qiya yotuvchi qatlamlarni talqin qilishda strategrafik tabaqalash masalalarni yechish, litologik tarkibini va chegaralarining xarakterini aniqlash, qatlamlarning yotish elementlarini va qalinligini topishda ishlatiladi. Magmatik jinslarni talqin qilish. Barcha intruzif, effuziv va tomirli jinslar AFSda ishonchli talqin qilinadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- X.Chiniqulov. X.S. Xoʻjaev va b., Strukturaviy geologiya va geologik xaritalash. T. 2007.
- T.N.Dolimov. V.I.Troiskiy, „Evolyusion geologiya“, Tashkent, Universitet, 2005.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Mart 2024) |