Kontent qismiga oʻtish

Aegean Airlines

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Aegean Airlines
IATA ICAO Identifikatori
A3[1] AEE[2] AEGEAN[2]
Tashkil topgan 2-yanvar, 1995-yil(1995-01-02)
Tez uchish dasturlari Miles+Bonus
Alyansi Star Alliance
Shoʻba korxonalari
Park hududi 56
Parvoz yoʻnalishlari 144[4]
Xalqaro xavfsizlik raqami GRS495003006[5]
Bosh qarorgohi Afina xalqaro aeroporti, Spata, Gretsiya
Muhim shaxslar [6]
Yillik daromadi €1.34 billion (FY 2022)
Operativ foyda €141.3 million (FY 2022)
Kirim €106.8 million (FY 2022)
Aktivlari €1.540 billion (FY 2021)
Majburiyatlari €213.6 million (FY 2021)
Xodimlar soni 2.445[3]
Sayti aegeanair.com

Aegean Airlines S. A. — (yunoncha Αéróría ΑιαουΕ, Egey havo yoʻllari deb tarjima qilinadi LSE: 0OHY) — Gretsiyadagi eng yirik aviakompaniyalardan biri boʻlib, Afina va boshqa Gretsiya shaharlaridan xalqaro va Gretsiyaning oʻzida ichki reyslarini amalga oshiradi. Aviakompaniyaning bosh qarorgohi va asosiy boshqaruv markazi ham Afinada joylashgan.

U Star Alliancening toʻliq aʼzosi hisoblanadi. Afinadagi asosiy aeroporti Eleftherios Venizelos hisoblanib, Saloniki-Makedoniya aeroportida qoʻshimcha qoʻnish markazlari ham mavjud. Yoz mavsumida Gretsiyaning boshqa aeroportlari ham charter va muntazam mavsumiy reyslar uchun aviakompaniyaning bazalariga aylantiriladi.

2018-yilda aviakompaniya 13 milliondan ortiq insonga xizmat koʻrsatgan[7]. 2019-yilda Aegean Airlines Skytrax[8] tomonidan ketma-ket 10-yil davomida Yevropaning eng yaxshi mintaqaviy aviakompaniyasi deb topilgan.

2013-yildan beri Aegean Airlines, koʻplab urinishlaridan soʻng, Yevropa Komissiyasi tomonidan sotib olinishi maʼqullangan boshqa Gretsiya aviakompaniyasi Olympic Airning egasiga aylangan[9]. Shuningdek, 2014-yilda aviakompaniya soʻnggi yillarda moliyaviy zarar koʻrayotgan Kipr milliy aviakompaniyasi Cyprus Airwaysni sotib olishga tayyorligini eʼlon qilgan. Biroq, 2015-yil boshida Kipr aviakompaniyasi oʻz faoliyatini toʻxtatgan[10].


Aviakompaniya tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aegean Airlines 1987-yilda Egey Aviation nomi bilan tashkil etilgan. Dastlab, uning asosiy faoliyati VIP mijozlarni manziliga yetkazish, shuningdek, tez tibbiy yordam rolida maxsus parvozlarni amalga oshirishdan iborat boʻlgan. 1992-yilda Egey Aviation Gretsiyada maxsus sertifikat olgan birinchi xususiy aviakompaniya boʻlgan. Keyinchalik, 1994-yilda aviakompaniya Vassilakis kompaniyalar guruhi bilan birlashgan va Learjet bilan hamkorlikda yangi samolyotlarni sotib olib, butun dunyo boʻylab muntazam reyslarni amalga oshira boshlagan[11].

1999-yilda aviakompaniya qayta tashkil etilgan va yangi „Egean Airlines“ nomi bilan parvozlarni amalga oshira boshlagan. Oʻsha yili flot uchta British Aerospace Avro RJ100 toʻrt dvigatelli samolyotlarini xarid qilgan. Xarid qilinga samalyotlarda kompaniya Afinadan Saloniki, Rodos, Aleksandrupolis, Kerkira va Iraklionga har kuni parvozlarni amalga oshira boshlagan. 1999-yil dekabr oyida aviakompaniya Air Greece aviakompaniyasini sotib olgan, shundan soʻng Egey havo yoʻllari parkiga uchta ATR 72 turboprop xarid qilingan[12].

2001-yil aprel oyida Aegean Airlines boshqa yunon aviakompaniyasi Cronus Airlines bilan birlashish shartnomasini imzolagan. Aviakompaniyaning parvoz geografiyasi Gretsiyadagi 11 ta va Yevropadagi 7 ta yoʻnalishdan iborat boʻlgan. Oʻsha yilning noyabr oyida Egey oʻz samolyotlarida biznes-klass xizmatini ishga tushirgan[13].

2004-yilga kelib Aegean Airlines ATR 72 samolyotlaridan foydalanishni toʻxtatdi. Kompaniya parki Cronus Airlines kompaniyasidan olingan oltita BAe 146 va oʻn uchta Boeing 737-300/400 samolyotlaridan iborat yangi tarkibga ega boʻldi. 2005-yilda aviakompaniya bir nechta Airbus A320 samolyotlarini xarid qilishga katta buyurtma bergan, ularning dastlabki uchtasi 2007-yilda yetib kelgan.

2005-yil oxiridan beri Egean Lufthansa bilan kodli hamkorlikni olib bormoqda, uning doirasida aviakompaniya oʻz yoʻlovchilariga nemis tashuvchisidan Miles & More bonus dasturini taklif qilib kelmoqda[14]. 2009-yilga kelib, Aegean Airlines shuningdek, Brussels Airlines,TAP Portugal bilan shartnomalar imzolagan.

2009-yilda aviakompaniya 6 600 000 yoʻlovchini xizmat koʻrsatgan, bu oʻsha yili Gretsiyadagi Egey Havo Yoʻllarining asosiy raqobatchisi Olympic Airlines kompaniyasidan deyarli bir yarim million koʻp natija boʻlgan, Olympic Airlines oʻsha yili 5 265 729 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan edi[15][16].

2010-yil 30-iyun Egey havo yoʻllari rasmiy ravishda Star Alliance[17] aʼzosiga aylangan.

Olympic Air bilan birlashish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yil fevral oyida Aegean Airlines kompaniyasining asosiy raqobatchisi Olympic Air bilan birlashishi boʻyicha birinchi aksiyadorlar muhokamasi boʻlib oʻtgan. Ushbu birlashish yangi aviakompaniyaning Yevropa havo transporti bozoridagi ishtirokini kengaytirishi rejalashtirilgan edi[18].

2010-yil iyun oyining oxirida Egean Airlines Star Alliancega qoʻshilgan, bu esa oʻz navbatida Egey Airlinesning Olympic Air bilan birlashishini toʻliq taʼminlagan[19].

Biroq, 2011-yil 26-yanvarda Yevropada monopoliyaga qarshi bo‘lgan xavotirlar asosida ikki kompaniyaning birlashishini taqiqlandi. Yevrokomissiyaning monopoliya bo‘yicha komissari Xoakin Almuniyaning aytishicha, aviakompaniyalarning birlashishi Gretsiya havo sayohati bozorida yirik monopoliyaga olib keladi, bu esa aviachiptalarning oshishiga va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatining pasayishiga olib keladi. Ikkala aviakompaniya ham ichki reyslarning qariyb 96 foizini qamrab olganiga alohida urgʻu berib oʻtgan. Aviakompaniya rahbarlarining oʻzlari Yevropa Komissiyasining qaroriga qatʼiyan norozilik bildirishadi, oʻz pozitsiyalarini agar aviakompaniyalar birlashadigan boʻlsa aviakompaniya rahbariyati qarori bilan 2 yil davomida chiptalar narxini oshirmasligiga kafolat berishadi[20].

2012-yil 21-oktabrda Aegean Airlines nihoyat rasmiy ravishda asosiy raqobatchisi Olympic Airni 72 million yevroga sotib olganligini eʼlon qilgan. Shartnomaga koʻra, Olympic Air ikki aviakompaniyaning tijorat va texnik operatsiyalarini birlashtirib oʻzining toʻliq brendini saqlab qolgan holda Egeyning toʻliq shoʻba korxonasiga aylangan edi[21][22].

Korporativ maʼlumotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshqaruv va rahbarlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aegean Airlinesning 2019-yildagi yoʻnalishlari roʻyhati
  Gretsiya
  Yil davomida
  Mavsumiy

Aviakompaniya rahbari Teodoros Vassilakis hisoblanadi. Kompaniyaning bosh ofisi Afinaning Kifissiya hududida joylashgan.

2004-yildan beri Aegean Airlines Afina fond birjasida[23] roʻyxatda turadi. Aviakompaniya London fond birjasida ham roʻyxatga olingan. 2013-yil oktabr holatiga ko‘ra Aegean Airlines aksiyalari quyidagi kompaniyalarga tegishli[24]:

  • 38,69% — aviakompaniya rahbari Teodoros Vassilakisga tegishli
  • 9,48% Alnesco Enterprises Company Limited kompaniyasiga tegishli
  • 9,48% — Siana Enterprises Company Limited kompaniyasiga tegishli
  • 9,46% — Autohellas SAga tegishli
  • 6,39% — Konstantakopoulos Axilleas

Egey aviakompaniyalari Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi va Yevropa havo yoʻllari assotsiatsiyasining aʼzosi hisoblanadi.

Koʻrsatkichlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aegean Airlines Learjet 60

Quyida 2007-yildan 2022-yilgacha boʻlgan davrda kompaniyaning asosiy moliyaviy va boshqa koʻrsatkichlari jadval keltirilgan:

2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022
Pul aylanmasi (€m) 482 611 622 591 668 653 682 911 983 1,020 1,127 1,187 1,308 415 675 1,336
Sof foyda (€m) 35.8 29.5 23.0 −23.3 −27.2 −10.5 66.3 80.4 68.4 32.2 60.4 67.9 78.5 −227.9 5.1 106,8
Ishchilar soni 1,923 2,142 2,463 1,949 1,615 1,347 1,459 1,678 2,344 2,334 2,493 2,703 2,924 2,699 2,445
Mijozlar soni (m) 5.2 6.0 6.6 6.2 6.5 6.1 6.9 10.1 11.6 12.5 13.2 13.9 15.0 5.2 7.2 12.5
Oʻrindiqlar bandligi (%) 70 70 65.8 68.1 68.9 74.3 79 78.3 76.9 77.4 83.2 83.9 84.8 67.4 65.5 79.8
Samalyotlar soni 23 29 33 26 29 28 30 50 58 62 58 61 62 67 63 69
# [25] [26] [27] [28] [29] [30]
[31]

[32]
[33] [34] [35] [36] [37][38] [39][40] [41] [42]

2014-yildan boshlab Olympic Air maʼlumotlari ham jadvalga qoʻshib borilgan.


Yoʻnalish tarmogʻi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aegean Airlines aviakompaniyasining asosiy markazlari Afina aeroporti va Saloniki aeroporti boʻlib, u yerdan barcha rejalashtirilgan ichki va xalqaro reyslarning asosiy qismi amalga oshiriladi. Shuningdek, parvozlarning katta qismi Gretsiyaning boshqa shaharlari: Iraklion, Rodos, Kos, Aleksandrupolis, Mikonos, Xaniya, Santorini, Midilli, Kerkira, Kalamata, Xios, Skyros va Ioannina shaharlaridan ham amalga oshiriladi[43].

Xalqaro miqyosda Aegean Airlines Gretsiyadan Avstriya, Armaniston, Belgiya, Buyuk Britaniya, Vengriya, BAA, Gruziya, Germaniya, Polsha, Italiya, Ispaniya, Isroil, Livan, Turkiya, Fransiya, Finlandiya, Shveysariya, Chexiya, Ukraina va Kiprga parvozlar amalga oshiriladi.

Aegean Airlines aviakompaniyasi Rossiyada ham oʻz faoliyatini yuritadi, Afina va boshqa Gretsiya kurortlaridan muntazam ravishda Moskvaga, Domodedovo aeroporti orqali va yozgi charter reyslarini Sankt-Peterburg, Qozon, Rostov-na-Donga amalga oshiradi[44].

2015-yilning yozida Irakliondan Kishinyovga charter reyslari ham amalga oshirila boshlangan.

Codeshering shartnomalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aegean Airlines kompaniyasi quyidagi aviakompaniyalar bilan codshering shartnomalariga ega[45]:

Aegean Airlines shoʻba korxonasi Olympic Air bilan birlashgandan soʻng, faqat mahalliy Karpatos, Sitia, Kalymnos, Leros kabi shaharlarga mahalliy reyslarni amalga oshira boshlagan[49].

Aegean Airlines Airbus A320neo
Aegean Airlines Airbus A320-200
Airbus A321-200



2023-yil mart holatiga koʻra, Aegean Airlines quyidagi samolyotlardan iborat Airbus parkiga[50][51] ega:

Aegean Airlines floti
Samalyot Faoliyat koʻrsatadi Buyurtma soni Yoʻlovchi sigʻimi[52] Eslatma Man.
Airbus A319-100 1 144 [53]
Airbus A320-200 27 174 [54]
Airbus A321-200 6 206 [55]
Airbus A320neo 10 24[56] 180 2026-yilgacha yetkazib beriladi. [57][58][59]
Airbus A321neo 12 220 [60][58][61]
Jami 56 24

Yuqoridagi samolyotlarga qoʻshimcha ravishda, Aegean Airlines Learjet 60 samalyotidan ham foydalanadi. Samolyot VIP xizmatlarini koʻrsatish va rejadan tashqari parvozlarni amalga oshirish maqsadida foydalaniladi[62][63].

Kelajak floti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aviakompaniya oʻz tarixida aviaparkiga nisbatan ikkita strategik harakatni amalga oshirgan. Birinchisi, barcha turbovintli samolyotlarni parkdan chiqarib yuborgan bu 2004-yil may oyida amalga oshirilgan. 2005-yil dekabr oyida sakkizta Airbus A320 samolyotiga buyurtma bergan[64].

2014-yil martiga kelib, butun parkdagi yoʻlovchi kabinalari yangi choʻziladigan Aviointeriors Columbus Two oʻrindiqlari bilan jihozlangan boʻlib, ular yupqaroq va yengilroq boʻlib, qoʻshimcha qator qoʻshish imkonini bergan[65]. 2014-yilda Aegean Airlines oʻz parkiga qoʻshish uchun yettita yangi Airbus A320 (hozirgi dvigatel varianti) samolyotini xarid qilgan va Airbu A320 harid qilishning birinchi bosqichi yakunlangan[66][67], yetkazib berishning ikkinchi bosqichi 2016-yil boshida yakunlangan[68]. 2018-yilning iyun oyida Egean oʻsha yilning mart oyida imzolangan oʻzaro memorandumdan soʻng, Airbus bilan 10 ta A321neo va 20 ta A320neo sotib olish shartnomasini imzolagan[69].

Hozirgi samolyotlariga qoʻshimcha ravishda, Egey Airlines ilgari quyidagi samalyotlardan foydalangan:

  1. „IATA - Airline and Airport Code Search“. iata.org. Qaraldi: 2015-yil 16-aprel.
  2. 2,0 2,1 „CONTRACTIONS FAA JO 7340.2“. faa.gov. 2014-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  3. 3,0 3,1 „ANNUAL FINANCIAL REPORT FOR THE FISCAL YEAR 2021“. Aegean Group. Aegean Airlines. Qaraldi: 2023-yil 10-fevral.
  4. „AEGEAN: Πάνω από 144 οι προορισμοί σε 44 χώρες“ (2022-yil 18-may).
  5. „Profile“. Athens Exchange Group. Athens Exchange Group. Qaraldi: 2023-yil 10-fevral.
  6. „Board of Directors“. Aegean Group. Aegean Airlines. Qaraldi: 2023-yil 10-fevral.
  7. https://en.about.aegeanair.com/-/media/aboutaegean/ir/ir_announcements/2019/a3-notes-31-12—18-english.pdf?forceDownload=0[sayt ishlamaydi]
  8. https://www.worldairlineawards.com/worlds-best-regional-airlines-2019/
  9. http://www.ato.ru/content/evrosoyuz-odobryaet-sliyanie-aviakompaniy-aegean-airlines-i-olympic-air
  10. http://www.ato.ru/content/aviakompaniya-cyprus-airways-prekratila-svoe-sushchestvovanie
  11. „arxiv nusxasi“. 2014-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
  12. „arxiv nusxasi“. 2014-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
  13. „arxiv nusxasi“. 2014-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
  14. „arxiv nusxasi“. 2014-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
  15. http://en.aegeanair.com/investor-relations/annual-reports/
  16. http://www.airliners.gr/community/viewtopic.php?f=15&t=2677
  17. „arxiv nusxasi“. 2014-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
  18. https://www.skyscanner.ru/news/olimpiiskoe-sliyanie-grecheskie-aviakompanii-olympic-air-i-aegean-mogut-obedinitsya
  19. „arxiv nusxasi“. 2010-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
  20. http://www.greek.ru/news/exclusive/65002/
  21. http://www.ato.ru/content/evrosoyuz-odobryaet-sliyanie-aviakompaniy-aegean-airlines-i-olympic-air
  22. https://web.archive.org/web/20140529142438/http://news.mail.ru/economics/10678971/
  23. „arxiv nusxasi“. 2014-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
  24. http://www.capital.gr/xa/insiders.asp?s=%C1%D1%C1%C9%C3
  25. „Annual Financial Report 2007“. aegeanair.com. 2013-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-mart.
  26. „Annual Financial Report 2008“. aegeanair.com. 2013-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-mart.
  27. „Annual Financial Report 2009“. aegeanair.com. 2013-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-mart.
  28. „Annual Financial Report 2010“. aegeanair.com. 2013-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-mart.
  29. „Annual Financial Report 2011“. aegeanair.com. 2013-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-mart.
  30. „Annual Financial Report 2012“. aegeanair.com. 2013-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-mart.
  31. „Annual Financial Report 2013“. aegeanair.com. 2014-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-mart.
  32. „Annual Report 2014“ (2015-yil aprel). Qaraldi: 2016-yil 8-iyun.
  33. „Annual Financial Report (1st January to 31st December 2015)“. aegeanair.com. Qaraldi: 2016-yil 6-iyun.
  34. „Annual Financial Report (1st January to 31st December 2016)“. aegeanair.com. Qaraldi: 2017-yil 23-mart.[sayt ishlamaydi]
  35. „Annual Financial Report (1st January to 31st December 2017)“. aegeanair.com. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.
  36. Aegean Airlines, Annual Financial Report 2018[sayt ishlamaydi], retrieved 29 March 2019
  37. „AEGEAN: 2019 Financial Results“. aviator.aero (2020-yil 17-mart). Qaraldi: 2020-yil 17-mart.
  38. „Annual Financial Report 2019“. Aegean Airlines. 2020-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan.
  39. „Annual Financial Report“ (2021-yil 12-aprel).
  40. „Full Year 2020 Results & KPIs“. Qaraldi: 2023-yil 26-mart.
  41. „Annual Financial Report 2021“ (2022-yil 29-may).
  42. , arxivsana= parametri ham koʻrsatilishi zarur. „Annual Financial Report 2022“. Athens Stock Exchange (2023-yil 15-mart). 2023-yil 15-martda asl nusxadan [ arxivlangan].
  43. „arxiv nusxasi“. 2014-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
  44. „arxiv nusxasi“. 2014-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
  45. http://ru.aegeanair.com/all-about-us/partners-alliances/partner-airlines/?_ga=1.157778236.780090096.1398754386[sayt ishlamaydi]
  46. „Emirates signs codeshare partnership with Aegean“ (2022-yil 15-avgust).
  47. „Aegean Airlines / Hainan Airlines plans Feb 2018 codeshare launch“. Routes.
  48. „Συνεργασία Aegean-Volotea για πτήσεις με χρήση κοινών κωδικών (code-share)“ (el). www.naftemporiki.gr (2021-yil 7-iyul). 2022-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-iyul.
  49. https://www.olympicair.com/en/OlympicAir/profile/Network
  50. https://www.airbus.com/sites/g/files/jlcbta136/files/2023-01/ODs-December-2022-Airbus-Commercial-Aircraft.xlsx
  51. https://en.about.aegeanair.com/company/fleet/
  52. „Seat map“. Aegean Airlines.
  53. „AIRBUS A319 | About Aegean“ (eN). Aegean Airlines. Qaraldi: 2021-yil 10-dekabr.
  54. „AIRBUS A320 | About Aegean“ (en). Aegean Airlines. Qaraldi: 2021-yil 10-dekabr.
  55. „AIRBUS A321 | About Aegean“ (en). Aegean Airlines. Qaraldi: 2021-yil 10-dekabr.
  56. Κασσίμη, Αλεξάνδρα „Με νέα Airbus «απογειώνεται» η Aegean“. www.kathimerini.gr. Qaraldi: 2023-yil 25-fevral.
  57. „AIRBUS A320neo | About Aegean“ (en). Aegean Airlines. Qaraldi: 2021-yil 10-dekabr.
  58. 58,0 58,1 (2018-yil 18-iyun). „AEGEAN Airlines firms up order for 30 A320neo Family aircraft“. Press-reliz.
  59. „Corporate Presentation - May 2021“. Qaraldi: 2023-yil 26-mart.
  60. (2018-yil 28-mart). „AEGEAN announces order of up to 42 new aircraft of the Α320neo Family, valued at 5 billion dollars at list prices“. Press-reliz.
  61. „AIRBUS A321neo | About Aegean“ (el). Aegean Airlines. Qaraldi: 2021-yil 10-dekabr.
  62. https://web.archive.org/web/20150509075234/http://en.aegeanair.com/all-about-us/blue-magazine/e-book/
  63. http://www.ypa.gr/userfiles/fa3cb89c-ac1a-4d4b-99ab-a34f011804e1/All_HCAA_Aircraft_May_2013.pdf
  64. https://web.archive.org/web/20201127113521/https://en.about.aegeanair.com/company/history/milestones/?f=2
  65. https://web.archive.org/web/20150626131138/http://www.aviointeriors.it/news-press/item/315-aviointeriors-delivers-the-first-three-a321-shipsets-of-columbus-two-to-aegean-airlines
  66. http://en.aegeanair.com/all-about-us/press-office/press-releases/press-release/?prid=489
  67. http://www.airbus.com/presscentre/pressreleases/press-release-detail/detail/aegean-airlines-adds-two-additional-aircraft-to-its-previous-a320ceo-order/
  68. https://web.archive.org/web/20160325204824/http://atwonline.com/training/aegean-airlines-takes-final-a320ceo-invests-training
  69. https://web.archive.org/web/20211113132147/https://www.airbus.com/en/newsroom/press-releases/2018-06-aegean-airlines-firms-up-order-for-30-a320neo-family-aircraft