Adobe Spark Video
Adobe Spark Video — bu Adobe Systems kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan iPad va iPhone qurilmalari uchun video tahrirlovchi hikoya qilish ilova[1]. U harakatlanuvchi grafikalar, audioyozuvlar, musiqa, matn va fotosuratlarni birlashtiradi va qisqa animatsion videolarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Ushbu veb hamda mobil uchun Creative Cloud Express ilovasini oʻz ichiga olgan Adobe Creative Cloud Express obunasining bir qismidir. Adobe Spark Video kompaniyaning birinchi ilovasi boʻlib, Apple tomonidan App Store doʻkonida yilning eng yaxshi ilovasi[2] deb nomlangan va 3,5 million martadan ortiq yuklab olingan[3].
Adobe Spark Video | |
Ishlab chiquvchi | Adobe Inc. |
---|---|
tashkil topdi: | 8-may, 2014-yil (Adobe Voice) 19-may, 2016-yil (Adobe Spark Video) |
Operatsion tizim | iPad iPhone |
Janr | Animatsion dastur |
Vebsayt: | adobe.com/express/create/video |
Tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Spark Video dasturi videolar ovozini tahrir qiladi, musiqa qoʻshadi, soʻngra har bir videoga silliq moslashish uchun animatsion grafik elementlar, hikoya(storytelling) va mos keladigan grafik elementlarni avtomatik ravishda yaratadi[4]. U maxsus tipografiya, ranglar palitrasi va Adobe After Effects yordamida ishlab chiqilgan raqamli effektlar va animatsiyani qoʻllaydigan harakatlanuvchi grafik elementlarni oʻz ichiga oladi, masalan, harakatli xiralashtirish, soyalarni tushirish, kattalashtirish va panorama, 3D, kamera harakati, teksturalar va animatsion maskalar[5].
Dasturiy taʼminot professional boʻlmaganlarga „daqiqalar ichida“ animatsion qisqa videolarni yaratish imkonini berishini taʼkidlashgan[6]. Videolarni maxsus veb-sahifa, elektron pochta, SMS, Facebook, Twitter orqali ulashish yoki H.264 video fayllari sifatida eksport qilish mumkin.
Spark Video hikoyalar(storytelling) va media savodxonligi tushunchalarini mustahkamlash uchun moʻljallangan bir nechta xususiyatlarni oʻz ichiga oladi[7]. Bularga Creative Commons litsenziyasiga ega vektor tasvirlari va fotosuratlarining oʻrnatilgan qidiruv kutubxonasi, avtomatik kuzatish va atributlarni yaratish asosida tashkil etilgan musiqa kutubxonasi va hikoya tuzilmasi koʻrsatmalariga ega hikoya qoʻllanmalari (masalan, soddalashtirilgan „Qahramonning sayohati“) kiradi. Storyboard) foydalanuvchilarga hikoya tuzilishi haqida maʼlumot olishga yordam beradi[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Adobe Voice 2.0 review: Presentation app for iPhone delivers sophisticated animated videos“.
- ↑ „Adobe Spark Video“., apple.com
- ↑ „introducing adobe voice for iphone“.(hozirda sahifa mavjud emas)
- ↑ „Introducing Adobe voice“.(hozirda sahifa mavjud emas)
- ↑ „Adobe Voice for iPad Could Help Turn Your Ideas Into Digital Stories“. 2016-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-may.
- ↑ „Adobe Voice review: Video storytelling software captures some of Apple’s magic“.
- ↑ „Adobe Voice 2.0“.
- ↑ „Adobe Voice lets amateurs make videos like a pro (sort of)“.