Kontent qismiga oʻtish

Adl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adl (arab. – odillik, toʻgʻrilik) – islom dinida Alloh sifatlaridan, „ilohiy adolat“ga eʼtiqod qilish – islom aqidaviy talablaridan biri. Moʻtaziliylar Allohning insonlarga odilligi haqidagi tasavvurdan kelib chiqib, inson irodasining erkinligi haqidagi fikrni ilgari surgan. Shialikda – Adl soʻzi rasman qabul qilingan beshta aqidadan biri, inson taqdirini belgilashdagi Allohning adolatli hukmi mazmunida qoʻllanadi. Hozirgi zamon islom ilohiyotida Adl – jamiyatning barcha aʼzolariga nisbatan „ilohiy adolat“, ularning „Alloh oldida tengligi“ deb talqin etiladi. Shariatda Adl islom diniy qonunlarining „ilohiy adolat“ga asoslanganligini ifodalaydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil