Adham Tenishev
Adham Rahimovich Tenishev (1921.25.4, Penza 2004.11.7, Moskva) – turkiyshunos olim.
Rossiya fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1984), Turk tili kurumi aʼzosi (1978), Finugor jamiyati aʼzosi (1982), Boshqirdiston fanlar akademiyasi faxriy aʼzosi (1992). Leningrad universiteti sharqshunoslik ftini tugatgan (1949). Filologiya fanlari doktori (1969). Rossiya fanlar akademiyasi Tilshunoslik institutining uraloltoy tillari boʻlimi mudiri (1963-yildan). Olim ishtiroki va rahbarligida turkiy tillarni qiyosiytarixiy grammatikasi yaratildi: "Fonetika" (1984), "Morfologiya" (1988), "Sintaksis" (1986), "Leksika" (1996). Tenishev ilmiy ishlari asosan turkiy tillarni kiyosiytarixiy oʻrganishga, "Oltin yoruq" yodgorligining grammatik xususiyatlarini tadqiq etishga bagʻishlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Stroy sarigyugurskogo yazika, M., 1976; Stroy salarskogo yazika, M., 1976; Uygurskiye teksti, M., 1984; Uygurskiy dialektniy slovar, M., 1990; Drevnekirgizskiy yazik, Bishkek, 1997.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |