Kontent qismiga oʻtish

Adenogipofiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gipofiz va uning oldingi (adenogipofiz) hamda orqa (neyrogipofiz) boʻlaklari

Adenogipofiz — endokrin sistemaning asosiy organi hisoblangan gipofizning oldingi bezli qismi boʻlib, neyrogipofiz bilan birgalikda gipofizni tashkil etadi. Adrnogipofiz stress, oʻsish, koʻpayish va laktatsiya kabi bir qancha fiziologik jarayonlarni tartibga soladi. Bu jarayonlarni oʻzi ishlab chiqaruvchi oʻnga yaqin garmonlar orqali amalga oshiradi.[1][2][3]

Gipofiz bezi turk egarchasi deb ataladigan suyak bilan himoyalangan. U uchta boʻlakdan iborat: oldingi, oraliq va orqa boʻlaklar. Koʻpgina hayvonlarda bu boʻlaklar yaqqol ajralib turadi. Biroq, odamlarda oraliq boʻlak noaniq boʻlib, koʻpincha gipofizning oldingi boʻlagiga qoʻshib oʻrganiladi. Gipofizning oldingi - adenogipofiz va orqa - neyrogipofiz qismlari tuzilish tarkibi boʻyicha ham farq qiladi, adenogipofiz bezli hujayralardan iborat boʻlsa, neyrogipofiz nerv hujayralaridan tashkil topadi.

Adenogipofiz quyidagi uch qismdan iborat:

Pars distalis

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pars distalis (distal qism) oldingi gipofizning katta hajmini egallaydi va bu yerda gipofiz gormonlarining aksari ishlab chiqariladi. Pars distalis ikki turdagi hujayralarni oʻz ichiga oladi, xromofob hujayralar va xromofil hujayralar.[1] Xromofillarni yana atsidofillarga (alfa hujayralari) va bazofillarga (beta hujayralarga) boʻlish mumkin.[1]

Pars tuberalis

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pars tuberalis (naychali qism) pars distalisdan yuqoriga cho‘zilgan g‘ilofning bir qismini hosil qiladi, u gipofiz sopi bilan (shuningdek, infundibulum deb ham ataladi) orqa bo‘lakdan kelib chiqadi. (Gipofiz sopi yaʼni infindibulum gipotalamusni orqa gipofiz bilan bogʻlaydi). Pars tuberalisning vazifasi yaxshi oʻrganilmagan. Biroq, pars tuberalis fotoperiodizm (kun uzunligi) haqida xabardor qilishi maʼlum. Ushbu qism epifiz beziga uzatadigan fotoperiodizm ma'lumotlariga javoban epifiz melatonin garmonining sekretsiyasini amalga oshiradi[4][5]. Ilgari olib borilgan tadqiqotlar ushbu qismda melatonin retseptorlari lokalizatsiyasini koʻrsatdi.[6]

Pars intermedia

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pars intermedia (oraliq qism) pars distalis va neyrogipofiz oʻrtasida joylashgan boʻlib, oldingi va orqa gipofizlar orasidagi chegarani hosil qiladi. Odamlarda bu qism juda kichik va noaniq.

Adenogipofiz ektodermadan, aniqrogʻi, embrionda rivojlanayotgan qattiq tanglayning bir qismi boʻlgan Ratke xaltasidan hosil boʻladi.[7]

Adenogipofizda besh turdagi endokrin hujayra mavjud boʻlib, ular chiqaradigan gormonlar quyidagicha: somatotrop garmoni (GH);  laktotrop (PRL);  gonadotrop (LH va FSH);  kortikotrop (ACTH) va tireotrop (TSH).[8] 

Garmon Sinonimi Simvoli Tarkibi Sekretor hujayrasi turi Taʼsiri Effect
Adrenokortikotrop garmon Kortikotropin ACTH polipeptid Kortikotroflar Bazofil Buyrak usti beziga buyrak usti bezi garmonlari (glukokortikoid, mineralokartikoid va androgen sintezini taʼminlaydi)
Triotrop garmon Triotropin TSH glikoprotein Triotroflar Bazofil Qalqonsimon bezga triod garmon sintezini taʼminlaydi
Follikula stimullovchi garmon - FSH glikoprotein Gonadotroflar Bazofil Jinsiy bezlarga jinsiy aʼzolarning oʻsishi
Lyutenlovchi garmon Lutropin LH, ICSH glikoprotein Gonadotroflar Bazofil Jinsiy bezlarga jinsiy garmonlar sinrezi
Oʻsish garmoni Somatotropin GH, STH Polipeptid Somatotroflar Atsidofil Jigar, yogʻ toʻqimasiga organizmning oʻsishini taʼminlaydi.
Prolaktin Laktotropin PRL Polipeptid Laktotroflar Atsidofil asosan, sut bezi, prostata TSH va ACTH sekretsiyasi

Klinik ahamiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyatning oshishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Giperpituitarizm - bu gipofiz bezidan koʻp miqdorda garmonlar chiqariladigan holat. Ushbu gipersekretiya koʻpincha gipofiz adenomasi (oʻsma) holatida kuzatiladi. Masalan, akromegaliya gipofiz adenomasi natijasida oʻsish gormoni (somatotrop/GH) ning ortiqcha sekretsiyasi natijasida yuzaga keladi. Bu kasallik deformatsiyalarga va hatto oʻlimga sababchi boʻlishi mumkin[9]. Gipofiz oʻsmasining eng keng tarqalgan turi prolaktinni yuqori darajada sekretsiyalovchi prolaktinomadir.[10] Uchinchi turdagi gipofiz adenomasi ortiqcha ACTH ni chiqaradi, bu esa oʻz navbatida kortizolning ortiqcha ajralishiga olib keladi va Kushing kasalligining sababi hisoblanadi.[11]

Faoliyatning pasayishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gipopituitarizm oldingi gipofiz bezidan ajralib chiqadigan gormonlar sekretsiyasining kamayishi bilan tavsiflanadi.  Masalan, balogʻatga yetgunga qadar GH ning giposekretsiyasi boʻy oʻsmay qolishi yaʼni gipofizar pakanalikka sababi boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, ikkilamchi buyrak usti bezi yetishmovchiligi ACTH ning giposekretsiyasi tufayli yuzaga kelishi mumkin, bu oʻz navbatida buyrak usti bezi faoliyati pasayishiga olib keladi. Bu holat esa hayot uchun xavfli. Gipopituitarizm adenogipofiz yoki uning biror qismini miya shikastlanishi, oʻsmasi, sili yoki sifilis holatlarida jarrohlik usulida olib tashlanganda kelib chiqishi mumkin. Ilgari bu kasallik Simmonds kasalligi deb atalgan, ammo hozirda "Xalqaro Kasalliklar Ma'lumotlar Bazasi"ga koʻra Sheehan sindromi deb ataladi.[12] 

  1. 1,0 1,1 1,2 Eroschenko, Victor P.; Fiore, Mariano S. H. di (2013-01-01). DiFiore's Atlas of Histology with Functional Correlations. Lippincott Williams & Wilkins. ISBN 9781451113419.
  2. Boron, Walter F.; Boulpaep, Emile L. (2009). Medical Physiology (2nd ed.). Philadelphia: Saunders Elsevier. pp. 1016–1017. ISBN 978-1-4160-3115-4.
  3. Textbook of Medical Physiology. Elsevier Saunders.
  4. Ikegami, K; Iigo, M; Yoshimura, T (2013). "Circadian clock gene Per2 is not necessary for the photoperiodic response in mice". PLOS ONE. 8 (3): e58482. Bibcode:2013PLoSO...858482I. doi:10.1371/journal.pone.0058482. PMC 3591342. PMID 23505514.
  5. Dardente, H (2012). "Melatonin-dependent timing of seasonal reproduction by the pars tuberalis: pivotal roles for long daylengths and thyroid hormones". Journal of Neuroendocrinology. 24 (2): 249–66. doi:10.1111/j.1365-2826.2011.02250.x. PMID 22070540. S2CID 12723490.
  6. Morgan, PJ; Williams, LM (1996). "The pars tuberalis of the pituitary: a gateway for neuroendocrine output". Reviews of Reproduction. 1 (3): 153–61. doi:10.1530/ror.0.0010153. PMID 9414453.
  7. Nelson, R. J. (2011) An Introduction to Behavioral Endocrinology, 4th Edition. Sunderland, MA: Sinauer Associates, Inc.ISBN 978-0878936205
  8. Le Tissier, P.R; Hodson, D.J; Lafont C; Fontanaud P; Schaeffer, M; Mollard, P. (2012) Anterior pituitary cell networks. Front Neuroendocrinol. Aug; 33(3):252-66
  9. Scacchi, Massimo; Francesco Cavagnini (2006). "Acromegaly". Pituitary. 9 (4): 297–303. doi:10.1007/s11102-006-0409-4. ISSN 1573-7403. PMID 17077948.
  10. Ciccarelli, E; F Camanni (June 1996). "Diagnosis and drug therapy of prolactinoma". Drugs. 51 (6): 954–965. doi:10.2165/00003495-199651060-00004. ISSN 0012-6667. PMID 8736617. S2CID 35481175.
  11. Nelson, Randy J. (2011). An introduction to behavioral endocrinology (4th ed.). Sunderland, Massachusetts: Sinauer Associates. ISBN 978-0878936205.
  12. Summers, V. K. (September 1947). "Diagnosis and Treatment of Simmonds' Disease". Postgraduate Medical Journal. 23 (263): 441–443. doi:10.1136/pgmj.23.263.441. ISSN 0032-5473. PMC 2529616. PMID 20258051.