Kontent qismiga oʻtish

Adar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adar - yahudiylik taqvimidagi oʻn ikkinchi oyning nomi boʻlib, qabisa yilida Adar-sheni yoki Adar Bet (ikkinchi adar) nomi ostida oʻn uchinchi oy qoʻshiladi. Qadimgi yahudiylik taqvimi oy hisobi bilan belgilangan. Unga koʻra, 1 yilda 354 kun bor edi. U 11 oydan iborat boʻlgan. Biroq, miloddan avvalgi IV asrga kelib, qamariy taqvimi quyosh taqvimi bilan almashtirilgan. Quyosh taqvimi oy taqvimidan 11 kunga koʻp. Yahudiy jamoasining diniy bayramlari nafaqat oy hisobidagi kunlar bilan, balki yil fasllari bilan ham belgilanadi. Shuning uchun, mazkur adar oyi yahudiylikdagi quyosh taqvimiga qoʻshimcha 12-oy sifatida kiritilgan. Ushbu oy 30 kundan iborat boʻlib, har 19 yilda 7-marta qoʻshiladi. Esfir roʻzasi hamda Purim bayramlari shu oyga toʻgʻri keladi[1].

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 18.
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.