Kontent qismiga oʻtish

Florence Fuller

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ada Fullerdan yoʻnaltirildi)
Florence Fuller

Florence Fullerning qalamda chizilgan portreti (1897-yil)
Tavalludi 1867 (1867)
Vafoti 17-iyul 1946-yil
Gladesville, Yangi Janubiy Uels, Avstraliya
Sohasi rassomchilik
Taʼlimi

Florence Ada Fuller (talaffuzi: Florens Ada Fuller; 1867-yilda tugʻilgan — 1946-yil 17-iyulda vafot etgan) — Janubiy Afrikada tugʻilgan avstraliyalik rassom. Asli Port Elizabethdan boʻlgan Fuller bolaligida oilasi bilan Melburnga koʻchib kelgan. Shaharda amakisi, rassom Robert Hawker Dowling va oʻqituvchisi Jane Sutherland bilan mashgʻulot oʻtkazardi. Viktoriya sanʼat maktabi milliy galereyasida saboq oldi. 1880-yillarning oxirida esa professional rassom sifatida oʻz oʻrniga ega boʻla boshladi. 1892-yilda Avstraliyani tark etib, avval Janubiy Afrikaga (u yerda Cecil Rhodes bilan uchrashib, u uchun bir nechta rasmlar chizgan), soʻngra Yevropaga sayohat qilgan. 1899-yilda Rodos portretini chizish uchun Janubiy Afrikaga qaytgan rassom, bu yerlarda yana oʻn yil davomida yashab, oʻqiydi. 1895—1904-yillarda uning asarlari Parijda joylashgan Salon koʻrgazmasida hamda London Qirollik akademiyasida namoyish etilgan.

1904-yilda Fuller Avstraliyaga qaytib, Pert shahrida istiqomat qila boshlaydi. Teosofiya jamiyatining faol aʼzolaridan biriga aylanadi. Shu davr mobaynida musavvir ijodidagi A Golden Hour (2013-yilda Avstraliya Milliy Galereyasi tomonidan sotib olganida „shohasar“[1], deya taʼriflangan) kabi durdona kartinalarini yaratdi. 1908-yildan boshlab Fuller koʻp sayohat qila boshlaydi. Dastlab, Hindiston va Angliyada yashab, soʻngra Sidneyda qoʻnim topadi. 1920-yildan Yangi Janubiy Uels rassomlar jamiyati tomonidan tashkil etilgan Tasviriy va amaliy sanʼat maktabida figuralar chizish saboqlari boʻyicha katta oʻqituvchi sifatida ishlay boshlaydi. Musavvir 1946-yilda vafot etgan.

Portret va landshaft chizmalari boʻyicha tanilgan Fuller, oʻzining yorqin faoliyati davomida yuqori baholangan. 1914-yilga kelib toʻrtta mashhur galereyasida namoyish etildi. Uchtasi Avstraliyada va bittasi Janubiy Afrikada. Ushbu natija oʻsha paytlarda avstraliyalik rassom ayol uchun rekord boʻlgan. 1927-yilda qariyb yigirma yillik ruhiy kasalxonaga yotqiziladi. Rassom shu yerda vafot etgan.

Oʻlimidan soʻng, avstraliyalik rassomlar haqidagi manbalardan u haqidagi maʼlumotlar tez-tez olib tashlana boshlangan. Uning rasmlari Janubiy Avstraliya sanʼat galereyasi, Gʻarbiy Avstraliya sanʼat galereyasi, Avstraliya milliy galereyasi, Viktoriya milliy galereyasi, Yangi Janubiy Uels sanʼat galereyasi va Avstraliya milliy portret galereyasi kabi ommaviy sanʼat kolleksiyalarida saqlanayotganiga qaramay, uning ijodi haqidagi maʼlumotlar noaniq boʻlib qolgan.

Florence Fuller 1867-yilda Janubiy Afrikaning Port-Elizabet shahrida Louisa va John Hobson Fullerlarning qizi sifatida tugʻilgan. Uning bir nechta aka-ukalari boʻlgan. Ular orasida opa-singillar Amy va Christie ham bor edi, ularning ikkalasi ham keyinchalik qoʻshiqchi boʻlishgan.

Florence bir yoshga toʻlganida oila Avstraliyaga koʻchib oʻtadi. Boʻlajak rassom sanʼat boʻyicha oʻqiyotganda xususiy oʻqituvchi boʻlib ishlab yurgan kezlarida, dastlab 1883—1888-yillar oraligʻida Viktoriya sanʼat maktabining Milliy galereyasida taʼlim ola boshlaydi. Bu davrda u Jane Sutherlandning talabasi boʻlgan[2].

Fuller 1889-yilda Viktoriya rassomlari jamiyati tomonidan yigirma besh yoshgacha boʻlgan rassom orqasidagi eng yaxshi chizilgan portret nominatsiyasida mukofotga sazovor boʻlgan[2].

Melburnning Pine Grove shaharchasida oʻz studiyasiga boʻlgan (1891-yil, avgust)[3].

1927-yilda (60 yoshida) Gladesville ruhiy kasalxonasiga topshiriladi[4]. Deyarli yigirma yildan soʻng, 1946-yil 17-iyulda vafot etdi. Rassom Rookwood qabristoniga dafn qilingan[2].

Konder chekkasidagi Florence Fuller koʻchasi (Kanberra) uning sharafiga nomlangan[5].

Uslubi va merosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Gazetachi bola (1888), 2019-yilda Viktoriya milliy galereyasi tomonidan sotib olingan[6].

Gwenda Robb va Elaine Smith oʻzlarining Concise Dictionary of Australian Artists (Avstraliya rassomlari haqida qisqacha) kitobida Fullerning sanʼatini „impressionizmdan qarzdor erkin rassomchilik uslubi“da yaratilgan deb hisoblashgan[7]. XX asrning 1-dekadasida yozilgan sharhlar uning oʻziga xos avstraliyalik uslubiga eʼtibor qaratadi.

Fullerning asarlaridan biri Londondagi mustamlakachi rassomlarning koʻrgazmasiga (shu jumladan Kanada va Avstraliya rasmlari bilan birga) Adelaide Advertiser muxbiri Fullerning hissasini „haqiqiy avstraliyancha tuygʻu bagʻishlaydi“, deya taʼriflaydi[8].

1904-yilda Qirollik akademiyasida osilgan asarlari koʻrib chiqilib, Pertlik tanqidchi shunday deydi: "Akademiyada namoyish etilgan 16 yoki 17 avstraliyalik rassomlar orasida Miss Fuller odatda Avstraliya sahnasini tanlagan yagona ijodkor boʻlgan. Uning rasmida oq kiyimda, qishloqning butalar oʻsgan qismida, nozikkina yosh qiz tasvirlangan.

Londondagi Observer gazetasininh taʼkidlashicha, qizning nafis qomatini choʻmilayotgan muhit subtropik issiqlik notasi orqali boshqari biladi[9].

Western Mail tanqidchisi Gʻarbiy Avstraliya sanʼat jamiyatining 1906-yilgi koʻrgazmasini koʻrib chiqib, Fullerning asarlarini namoyishdagi eng yaxshisi, deb hisoblaydi hamda „bu voqea Miss Fuller uchun yana bir gʻalabani taqdim etadi“, deya qoʻshimcha qiladi[10].

 

  1. Gray, Ann (2013). „Masterpieces for the nation 2013. Florence Fuller's A golden hour“. Artonview. № 73. 28–29-bet. 5 November 2013da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4 November 2013.
  2. 2,0 2,1 2,2 Kerr. „Florence Fuller – biography“. Design and Art Australia Online (1995). 2013-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-noyabr.Kerr, Joan (1995). . Design and Art Australia Online. Archived from the original on 12 November 2013. Retrieved 4 November 2013.
  3. „Around the Melbourne studios“. Illustrated Sydney News (1891-yil 1-avgust). Qaraldi: 2021-yil 29-aprel.
  4. McFarlane, Jenny (2010). „Florence Fuller in Adyar“. Theosophy in Australia. 74-jild, № 1. 15–18-bet.
  5. „National Memorial Ordinance 1928 Determination of Nomenclature Australian Capital Territory National Memorials Ordinance 1928 Determination of Nomenclature“. Commonwealth of Australia Gazette. Periodic (National : 1977 – 2011) (1988-yil 31-avgust), s. 1. Qaraldi: 2020-yil 8-yanvar.
  6. Varcoe-Cocks, Michael (1 April 2020). „The paper boy 1888“, National Gallery of Victoria. Retrieved 30 September 2020.
  7. Robb, Gwenda „Florence Fuller“, . Concise Dictionary of Australian Artists Robert Smith: . Melbourne: Melbourne University Press, 1993 — 95-bet. ISBN 0-522-84478-2. 
  8. „Colonial art“. The Advertiser (1902-yil 2-avgust), s. 5. Qaraldi: 2013-yil 6-noyabr.
  9. „An Australian Artist“. The Daily News (1904-yil 26-sentyabr), s. 5: Third edition. Qaraldi: 2013-yil 5-noyabr.
  10. „Western Australian Art Society“. Western Mail. Perth: National Library of Australia (1906-yil 13-oktyabr), s. 14. Qaraldi: 2013-yil 6-noyabr.
  • McFarlane, Jenny. Concerning the Spiritual: The influence of the Theosophical Society on Australian Artists 1890–1934. Melbourne: Australian Scholarly Publishing, 2015. ISBN 9781921875151.