Achchiq-chuchuk
Qiyofa
Achchiq-chuchuk — pomidor va piyozdan mavsumiy tayyorlanadigan salat. Piyoz mayda toʻgʻralib, sovuq suvda yuviladi, uning ustiga yupqa qilib pishgan pomidor, koʻk qalampir toʻgʻraladi, tuz sepib aralashtiriladi. Achchiq-chuchuk tayyorlashda 500 g pomidorga 1 — 2 bosh piyoz va taʼbga koʻra tuz, qalampir kerak boʻladi. Bunday salat Fargʻona vodiysida shakarob nomi bilan mashhur. Unga yupqa va mayda toʻgʻralgan bodring ham qoʻshiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |