Kontent qismiga oʻtish

Accolade

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Accolade
Turi video game developer
Tarmogʻi dasturiy ta'minot
Qachon asos solingan 1984
Qchon tugatilgan 1999
Tugatilish sababi [Infogrames
Joylashuvi  AQSh, San-Xose
Asoschi(lari) Alan Miller, Bob Whitehead
Mahsulot(lar)i kompyuter oʻyinlari

Accolade — 1980-1990-yillarda mavjud boʻlgan Amerika kompyuter oʻyinlari ishlab chiqaruvchisi va nashriyoti. Kompaniya San-Xoseda joylashgan va 1984-da Alan Miller va Bob Whitehead tomonidan tashkil etilgan. Accolade — Activisiondan keyin ular tuzgan ikkinchi kompyuter oʻyinlarini mustaqil ishlab chiqaradigan kompaniya.

Shakllantirilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mashhur tarixga koʻra, muassislar oʻz kompaniyasini „Accolade“ (ingliz. maqtov, yaxshi maslahat, tasdiq) deb nomlashiga sabab, alifboli maʼlumotnomalarda, peshqadamlikni ifodalagan holda, bu nom Activisiondan[1] oldin chop etilishi kerak edi. Shubhasiz, ular Atari nomidan oldin chop etilgan Activisionni yaratishda ham xuddi shu prinsipga amal qilishgan. Keyinchalik, Activisiondan ajralib chiqqan Acclaimning yaratuvchilari ham yana shunga oʻxshash gʻoyalar boʻyicha harakat qilishgan.

Accolade 1980-yillardagi ZX Spectrum, Commodore 64, BBC Micro, Atari 400, Atari 800, Amstrad CPC, Amiga, Apple II va IBM PC kabi mashhur uy kompyuterlari bilan ishlagan.

Quyidagi oʻyin seriyalari ancha mashhur boʻlgan: Test Drive, Star Control, Hardball! va Slave Zero[1]. Test Drive va HardBall! seriyalari keyinchalik Accoladening eng uzoq muddatli franshizalariga aylandi.

Ushbu tizimlarning mashhurligi pasayib borishi bilan, Accolade tegishli platforma mavjud boʻlgan davrda NES, Mega Drive, SNES, PlayStation kabi kompyuter va oʻyin konsollari uchun oʻyinlar ishlab chiqarishga oʻtdi.

Kompaniyaning barcha birinchi oʻyinlari mualliflik oʻyinlari boʻlgan. Keyinchalik, Accolade, noshir sifatida boshqa ishlab chiqaruvchilarning oʻyinlarini ham tarqatgan. 1990-yillarning oʻrtalariga kelib, Accolade tomonidan chop etilganlarning yarmidan koʻpi boshqa ishlab chiqaruvchilarning mahsuloti edi.

Sega Accoladega qarshi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1991-yil oktabr oyida, Accolade Segaga qarshi intellektual mulk boʻyicha AQSh qonunchiligi uchun muhim boʻlgan sud jarayonining ishtirokchisi boʻldi. Sega, oʻz oʻyinlaridan litsenziyasiz nusxa koʻchirishni oldini olish va Sega Genesis oʻyin konsoli uchun oʻyin ishlab chiqarish monopoliyasini saqlab qolish maqsadida oʻz oʻyin kartridjlari xotirasiga SEGA soʻzi shaklida belgi kiritdi, apparat qurilmasiga esa shu belgini tekshirib koʻrish dasturini kiritdi. Bu esa koʻchirilgan oʻyinlarni ham, boshqa ishlab chiqaruvchilarning oʻyinlarini ham oʻyin konsolida ishlashini imkonsiz qilib qoʻydi. Accolade xodimlari qayta ishlab chiqish usuli bilan bu belgining mavjudligini va uning mavjudligini tekshirilishini aniqladilar. Accoladening belgilardan oʻzboshimchalik bilan foydalanishi ularga qarshi Sega tomonidan daʼvo arizasi berilishiga olib keldi. Sud ikki muhim qarorni qabul qildi: qayta ishlab chiqarish mqsadida koʻchirishni qonuniy deb tan oldi; tovar belgilarining huquqiy himoyasi esa blokirovkalash yoki autentifikatsiya mexanizmlariga qoʻllanilmasligini belgiladi[2][3].

1990-yillarning boshlarida kompaniya bir qancha moliyaviy muvaffaqiyatga erishdi.Genesis va SNES uchun boʻlgan Bubsy oʻyini eng yaxshi sotilgan. Bubsy 1997-yilda Test Drive 4 chiqarilishidan oldin kompaniyaning eng muvaffaqiyatli oʻyini boʻlgan. PC uchun Star Control 2 (1992, DOS) hozirda ham yuqori baholanadi va oʻz vaqtidagi eng iliq kutib olingan oʻyinlaridan biri boʻlgan. Biroq, 1990-yillarning oʻrtalaridan boshlab, Accolade turli janrlardagi koʻplab oʻyinlarni ishlab chiqardi, ularning aksariyati tugallanmagan va diqqatga sazovor emasdi.

Kengash konferentsiyalaridan birida ishlab chiqaruvchilar bilan uzoq muddatli qaror qabul qilindi: kompaniya sport va ekshen oʻyinlarini rivojlantirishga qaratilishi kerak. Sport oʻyinlari segmentida Accolade quyidagi franshizalarga ega edi: HardBall!, Unnecessary Roughness va Jack Nicklaus Golf. Aksiyalar oʻyinlari segmentida Test Drive — yagona uzoq muddatli oʻyin seriyasi edi.

  1. 1,0 1,1 Дмитрий Карасев. „Памяти павших. Закрывшиеся студии-разработчики. Часть 1“ (ru). Игромания. 2014-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-sentyabr.
  2. Ross Dannenberg, Case: Sega v. Accolade (9th Cir. 1992) — Copyright Fair Use (Wayback Machine saytida 2021-07-27 sanasida arxivlangan), Patent Arcade.
  3. Sega Enterprises Ltd. v. Accolade, Inc. ( at bulk.resource.org Error: unknown archive URL 20120114033422 sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2008-10-14 sanasida arxivlangan), 977 °F.2d 1510 (9th Cir. 1992) (polniy tekst resheniya suda)