Abulgʻozixon (Ashtarxoniy)
Abulgʻozixon | |
---|---|
Abulgʻozi Muhammad Bahodirxon | |
Buxoro xonligi hukmdori | |
Mansab davri 1758-yil – 1785-yil 10-iyun | |
Oʻtmishdoshi | Fozilxon |
Vorisi | Unvon tugatilgan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
XVIII asr Buxoro xonligi |
Vafoti |
1801—1802-yillar Buxoro, Buxoro amirligi |
Fuqaroligi |
Buxoro xonligi → Buxoro amirligi |
Dini | Islom |
Abulgʻozixon (Abulgʻozi Muhammad Bahodirxon) (XVIII asr, Buxoro xonligi — 1801—1802-yillar, Buxoro, Buxoro amirligi) — Ashtarxoniylar oʻzbek sulolasining soʻnggi vakili sifatida qaraladigan soxta xon. Mangʻitlar oʻzbek sulolasi davrida Buxoro xonligining rasmiy hukmdori (1758—1785). Amalda real hokimiyat Muhammad Doniyolbiyning qoʻlida boʻlgan.
Muhammad Doniyolbiyning vafotidan soʻng Abulgʻozixonning obroʻyi tushib ketadi. Shundan soʻng, Amir Shohmurod (1785—1800) uni taxtdan va hokimiyatdan butkul chetlashtiradi. Shu bilan 1601-yilda xonlik taxtiga kelgan va 1756-yilda rasman barham topgan Ashtarxoniylarning hukmronligi toʻlaligicha barham topadi[1].
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aksar manbalarda Abulgʻozixon Ashtarxoniylar xonadoniga mansub shaxs sifatida qaralsa, baʼzi bir manbalarda u Xorazm xonlari avlodi boʻlganligi taʼkidlanadi[1].
Buxoro xonligining hukmdori
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mangʻitlar sulolasining vakili Muhammad Rahimxon toʻsatdan vafot etgach (1758-yil 24-mart), marhum xonning oʻgʻil farzandlari boʻlmaganligi uchun Buxoro xonligi taxtiga dastlab uning balogʻat yoshiga yetmagan nevarasi Fozil toʻra oʻtqazilgan. Muhammad Rahimxonning amakisi Muhammad Doniyolbiy esa yangi xonga otaliq qilib tayinlangan. Biroq Fozilxon tez orada taxtdan tushirilib, uning oʻrniga Abulgʻozixon Buxoro xonligi hukmdori deb eʼlon qilingan.
Abulgʻozixon oʻzining xonlik davrida davlat ishlariga mutlaqo aralashmagan. U siyosatdan uzoq kishi boʻlib[1], faqat rasmiy hujjatlarga oʻz muhrini bosish va oʻz nomidan tanga chiqarish bilan cheklangan.
Taxtdan chetlashtirilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abulgʻozixonni hokimiyatdan butkul chetlashtirgan shaxs Muhammad Doniyolbiyning oʻgʻli Amir Shohmurod (1785—1800-yillar) boʻlgan. Jumladan u Abulgʻozixonni taxtdan chetlashtirib, Arkdan tashqaridagi Bozor Xoʻjadagi hovlilardan biriga joylashtirib, unga umrbod nafaqa tayinlaydi[1].
Baʼzi tadqiqotlarda aytilishicha, Buxoroning Xankar tumanida yer ishlari bilan shugʻullangan. Amir Shohmurod davrida Abulgʻozi otaliq lavozimida boʻlgan[1].
Abulgʻozining keyingi taqdiri va oilaviy ahvoli haqida maʼlumot saqlanmagan. U 1801—1802-yillar oraligʻida vafot etgan[2][1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Zamonov 2021, s. 116.
- ↑ Oʻzbekiston hukmdorlari 2007, s. 51—53.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sultonov F., Bozorboyev F.. Oʻzbekiston hukmdorlari. Toshkent: Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, 2007 — 88-bet.
- Zamonov A.. Buxoro xonligining Ashtarxiniy hukmdorlari: monografiya. Toshkent: Bayoz, 2021 — 136-bet. ISBN 978-9943-6372-1-4.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |