Abulfaraj Isfahoniy
Qiyofa
Abulfaraj Isfahoniy (897, Isfahon — 967.21.11, Bagʻdod) — arab yozuvchisi. Umaviylarning Marvon II naslidan. Arab adabiyoti sheʼriyati va tarixi boʻyicha yetuk olim boʻlgan. Hadis, gram-matika, lugʻatchilik, tabobat, astronomiya bilan shugʻullangan. Abulfaraj Isfahoniyning 20 jildli „Al-agʻoniy al-kabir“ („Qoʻshiqlar katta kitobi“)ida arab sheʼriyati haqida mu-fassal maʼlumotlar beriladi. Bu kitob 1285-yilda Misrda nashr etilgan, Yevropada mashhur boʻlgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |