Abulbaraka
Qiyofa
Abulbaraka (XV asr) – samarqandlik qozi. Nomi “Majolis un-nafois”ning oltinchi majlisida tilga olingan. Navoiy uning qozilik faoliyati haqida Xoja Xurd ismli qozining aksidir deb yozadi va badfeʼlligi tufayli Xuroson va Samarqandda uni bilmagan kishi yoʻqligini aytadi. Abulbaraka avval Shahrisabzda qozilik qilgan, xalq uning zulmidan norozi boʻlgach, Xurosonga borgan. U yerda ham nomaʼqul ishlar qilgach, Samarqandga ketgan va tarafdorlarining yordami bilan yana qozilik mansabini egallagan. Navoiy “Majolis un-nafois”da uning taʼrifida zamondoshlari bitgan quyidagi baytni keltiradi:
“Devi shayton sifat Abulbaraka, Bod joyash ba haftumin daraga”
(Mazmuni: Shaytonsifat dev Abulbarakaning joyi yettinchi doʻzax boʻlsin!)[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat". "Sharq" NMAK, 2016.