Abuhoshim Soʻfiy
Qiyofa
Abuhoshim Soʻfiy (vaf. taxm. 779) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Kufa shahrida tugʻilgan. Shomda shayxlik martabasiga erishgan. Sufyon Savriy bilan suhbatda boʻlgan. Tasavvuf tarixida “Soʻfiy” nomi bilan mashhur boʻlgan birinchi shaxs. Ramla shahrida birinchi soʻfiylar xonaqohiga asos solgan. Riyosiz ibodat va xoksorligi bilan mashhur boʻlgan. Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni aynan kiritgan[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |