Abu Yaʼqub Ziziy
Qiyofa
Abu Yaʼqub Ziziy – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Malomatiylik tariqatining ulugʻ shayxlaridan. Ibrohim Xavvos bilan tavakkul masalasida qilingan bahsda gʻolib chiqqan. Samoʻ majlisida vajd holiga tushib vafot etgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni qisqartirib kiritgan[1][2][3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |