Abu Usmon Magʻribiy
Qiyofa
Abu Usmon Magʻribiy, Saʼid bin Sallom (935-yilda vafot etgan) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Tunis shahridan 156 km uzoqlikda joylashgan Qirvon mavzeida tugʻilgan. Abulhusayn Soyigʻ Dinavariyning muridi. Xirqani Abu Ali Kotib qoʻlidan kiygan. Habib Magʻribiy, Abu Amr Zajjoj, Abu Tolib Ixmimiy, Abu Yaʼqub Nahrajuriy, Abulhusayn Bunon, Abu Said Xarroz, Abulhusayn S´fiy Fushanjiy, Abulqosim Nasrobodiy bilan suhbatda boʻlgan. Oʻttiz yil Makkada yashab, umri oxirida Nishopurga koʻchib ketishga majbur boʻladi va oʻsha yerda olamdan oʻtadi. Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx hayotiga bogʻliq bobni aynan kiritgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". "Sharq" NMAK, 2016.