Kontent qismiga oʻtish

Abu Tolib (shoir)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu tolib (Abdusalom ibn al-Husayn al-Maʼmuniy) (taxminan 950-yil, Bagʻdod −994-yil, Buxoro) — shoir. Xalifa ll-Maʼmun avlodidan. Ray va Nishopurda yashagan. 980-yillarda Buxoroga kelgan, umrining oxirigacha shu yerda yashagan. Buxoroda zamondoshlari orasida qasida va vasf janrlarining yirik namoyandasi boʻlgan. Abu Mansur Saolibiyning „Yatimat addahr“ („Zamona ahlining fazilatlari haqida yagona durdona“) tazkirasining 3-bobi asosan Abu Tolib ga bagʻishlangan. Asarda uning 332 baytli 96 ta vasfi hamda qasidalaridan parchalar keltirilgan. Koʻpchilik qasidalarini islom sheʼriyati ruhida, sof arab uslu-bida yozgan. Vasflarida oziq-ovqat, mevalar, buyum-ashyolar, tabiat hodisalari va boshqa tavsif qilingan. Ad.: Oʻzbek adabiyoti tarixi, 5 jildli, 1-jild, T., 1977; Abdullayev I., Poeziya na arabskom yazike v Sredney Azii i Xorasane X — nachala XI v., T., 1984.