Abu Salama
Abu Salama Abdulloh ibn Abdulasad (arab. أَبُو سَلَمَة عَبْد ٱلله ٱبْن عَبْد ٱلْأَسَد) Muhammadning sahobalaridan biri edi. Shuningdek, Muhammadning amakivachchasi hamda sut onalari Suvayba orqali emikdosh birodari ham boʻlgan[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Salama Muhammadning ilk sahobalaridan biri edi. U Barra binti Abdulmuttalib va Abdulasadlarning nikohidan tugʻilgan, shuning uchun Muhammadning birinchi amakivachchasi boʻlgan. Chunki Barra Abdulloh ibn Abdulmuttalibning tugʻishgan singlisi edi. Abu Salama Ummu Salamaga uylangan va ular birinchilardan boʻlib Islomni qabul qilganlar. Ularning toʻrt farzandi bor edi, bular Salama, Umar, Zaynab va Durradir.
Abu Salama ham Habashistonga hijrat qilishda ishtirok etgan, ammo keyinchalik amakisi Abu Tolib ibn Abdulmuttalib himoyasida yurtiga qaytib kelgan.
Harbiy harakatlardagi ishtiroki
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Salama Qatan gʻazotiga boshchilik qilganidan keyin, Uhud jangida olgan jarohati tufayli vafot etgan. Muhammad alayhissalom uning vafotidan keyin bevasi Ummu Salamaga uylanganlar. U shuningdek, Banu Asad ibn Xuzayma qabilasining Madinaga hujum qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar olingandan soʻng, ularga qarshi hujum qilish uchun Qatan sariyyasida qatnashgan[2]. Sariyya davomida 3 kishi musulmonlar tomonidan asirga olingan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ibn Qudāma, al-Tabyīn fī Ansāb al-Qurashīyīn. Ed. by Muḥammad Nāyif al-Dulaymī (n.p: Manshūrāt al-Majmaʿ al-ʿIlmī al-ʿIrāqī, 1982), 38.
- ↑ Mubarakpuri, The sealed nectar: biography of the Noble Prophet, p. 349.
- ↑ Sa'd, Ibn. Kitab al-tabaqat al-kabir. Pakistan Historical Society, 1967 — 150-bet.