Kontent qismiga oʻtish

Abu Ja’far Tabariy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tabariy (toliq ismi: Abu Jaʼfar Muhammad ibn Jarir at-Tabariy; 839-923) butun dunyoga mashhur qomusiy olim.

Eronning Tabariston viloyatiga qarashli Omul shaharida dunyoga kelgan; asli fors. Lekin umrining kop qismini xalifalik poytaxti bolmish Bagdodda otkazgan va osha yerda vafot etgan. Tabariy xalifalikka qarashli kopgina shahar va viloyatlarni aylanib chiqqan. Birmuncha vaqt Ray, Basra, Kufa va Misrda turgan. At-Tabariy keng maʼlumotli kishi bolib, iloxiyat, hadis, tafsir (Qur’on oyatlarini izohlash), fiqh hamda tarix kabi ilmlarni chuqur bilgan olim. U osha sohalar boyicha ondan ortiq asar yozib qoldirgan.

At-Tabariy keng maʼlumotli kishi bolib, iloxiyat, hadis, tafsir (Qur’on oyatlarini izohlash), fiqh hamda tarix kabi ilmlarni chuqur bilgan olim. U osha sohalar boyicha ondan ortiq asar yozib qoldirgan. Ulardan uch nafari: 1) Kitob ixtilof al-fuqaho (Faqihlar ortasidagi ixtiloflar haqida kitob); 2) Jomeʼ ul-bayon an tavil al-qur’on(Qur’on sozlari maʼnosining keng bayoni majmuasi); 3) Tarix ar-rusul va-l-muluk (Paygambarlar va podsholar tarixi) alohida ahamiyatga ega. Kitob ixtilof al-fuqaho musulmon qonunshunosligi masalarariga bagishlangan bolib, unda faqihlar ortasidagi baʼzi kelishmovchiliklarga toxtab otiladi[1].

  1. Muzaffar Ahmedov, Aziz Fayzullayev. Oʻrganilayotgan mamlakat (mintaqa) tarixshunosligi va manbashunosligi (Eron).:Toshkent—2021